Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida tirbandlikni kamaytirish, jamoat transportini yaxshilash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga tanqidiy yondashdi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni birma-bir sanab, mutasaddilarning bu boradagi ishlarini qoniqarsiz, deb topdi.

Bu haqli e’tirozga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Joriy yilning 29 yanvar kuni davlatimiz rahbari raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu haqda so‘z borgan edi.

Tirbandlik va jamoat transporti bilan bog‘liq masalalar tilga olinar ekan, transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov hamda boshqa mutasaddilarga hayfsan e’lon qilindi. Bu ular uchun oxirgi ogohlantirish ekani ham eslatildi. 

Xo‘sh, aslida muammolar ildizi nimalarga borib taqaladi va ularni hal etishda qanday xulosa va yondashuvlar muhim? Shu kabi savollar va mavzuning jihatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy ОМАРОВniнг fikrlariga qiziqdik.

– O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda jamoat transporti sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha bir necha normativ hujjatlar qabul qilinib, aholini sifatli va kafolatlangan transport xizmatlari bilan ta’minlash mexanizmlari yaratib berildi. Respublikamizning barcha aholi yashash punktlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, 10 mingdan ortiq aholi yashash punktidan 1 ming 113 tasi qamrab olinmaganligi aniqlandi va undan 1 ming 81 tasiga jamoat avtotransport qatnovlari qo‘yildi, – deydi Mamanbiy Omarov.  – Shu o‘rinda ma’lumot uchun aytadigan bo‘lsak, 32 ta aholi punktiga olib boruvchi yo‘l qamrab olinmagan, chunki yo‘l sifati harakatlanish xavfsizligi talablariga javob bermagan. Ushbu yo‘llar ta’mirlash dasturlariga kiritildi.

Yana bir jihat – mavjud yo‘nalishlarda harakatlanayotgan aksariyat transport vositalarining sig‘imi, qulayligi va xavfsizligi talablarga javob bermaydi.

Masalan, bugungi kunda respublika bo‘yicha “Damas” avtotransportining ulushi 72 foizni tashkil etadi.

Mavjud yo‘nalishlardagi transport vositalarining yangilanishi (10 yildan ortiq), sig‘imini oshirish ("Damas"ni avtobus va mikroavtobuslar bilan almashtirish), faoliyat yuritmayotgan yo‘nalishlarni qamrab olish uchun qo‘shimcha 4 ming 200 dan ortiq avtobus, 5 ming 500 dan ortiq mikroavtobusga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Bugungi kunda aholi talablaridan kelib chiqqan holda har bir hudud kesimida mavjud yo‘nalishlar qayta ko‘rib chiqilib, yangi yo‘nalishlar tarmoqlari ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan joriy yildagi eng asosiy vazifa hududlar jamoat transporti uchun 2 mingta avtobus va 2 mingta mikroavtobus xarid qilishni ta’minlash hisoblanadi.

Ma’lumot uchun aytadigan bo‘lsak, 2023 yilda qariyb 2 mingta avtobus va 1 mingta mikroavtobus xarid qilingan edi.

Bugungi kunda yo‘nalishlar “Qishloq mahalladan – tuman markaziga, tuman markazidan – viloyat markaziga” tamoyili asosida shakllantirildi. Mazkur yo‘nalishlar “Ye-tender” elektron platformasi orqali shaffof tender savdolari o‘tkazilib, tadbirkorlarga biriktiriladi.

Yig‘ilishda viloyatlarga yetkazilishi reja qilingan avtobuslarning hammasi ham olib kelinmagani, Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida yo‘lovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirish tizimini joriy qilish ishlari yakuniga yetkazilmagani qayd etildi. Bu boradagi rejalar qanday bo‘lgan edi?

– Avvalo aytib o‘tish lozim, o‘tgan yili joriy etilgan “Brutto-shartnoma” tizimi – yo‘lovchilar uchun sifatli xizmat hamda tashuvchilar uchun kafolatlangan moliyalashtirish mexanizmini yaratib berdi. “Brutto-shartnoma” tizimining avvalambor, Toshkent shahrida joriy etilishi zamonaviy avtobuslarning samarali ishlashiga zamin bo‘ldi.

Masalan, avtobuslar oraliq intervali 2-3 barobarga qisqarib, hozirda 8-10 daqiqani tashkil etmoqda (oldin 18-20 daqiqa bo‘lgan), kunlik yo‘lovchi oqimi 1,7 baravarga ko‘payib, 1 million nafarga yetdi. Taqqoslash uchun aytib o‘taman, ilgari kuniga 650 ming nafar yo‘lovchi tashilgan.

Qo‘shimcha qilishim mumkin, poytaxtimizda jamoat transporti faoliyati uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida 48,2 kilometr alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etildi. 11 ta magistral, 14 ta halqa, 96 ta bog‘lovchi va 46 ta yetkazib beruvchi, jami 167 ta yangi yo‘nalish tarmog‘i asosida bir necha bosqichda elektron tender tanlovlari o‘tkazildi.

Bu ishlar 1 martga qadar Urganch, Andijon, Qarshi, Nukus va Namanganda, qolgan shaharlarda esa 1 iyuldan mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Natijada shahar jamoat transportida sifatli tashish xizmati, kunlik rejadan voz kechish, yo‘lkira haqi yig‘imi to‘liqligi, markazlashgan dispetcherlik xizmati hamda shaffof moliyalashtirish tizimi ta’minlanadi.

Respublikamizning yirik shaharlariga kelsak, hozirda 4 tasida “Transport master reja”lar ishlab chiqilgan bo‘lib, qolgan 17 tasi joriy yil 1 aprelga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Jamoat transporti infratuzilmasi ob’ektlari bo‘yicha gapiradigan bo‘lsak, viloyat markazlarida avtovokzallar, tumanlarda avtostansiyalar orqali faoliyat yuritish maqsad qilingan. Buxoro va Namanganda yangidan qurish, Qarshi, Navoiy, Termiz, Guliston va Farg‘onada talab darajasiga keltirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, yana 47 ta tumanda avtostansiya qurilishi rejalashtirilgan.

– Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Transport vazirligi tizimidagi tegishli korxonada xalqaro qatnovlar uchun 167 ta avtobus bo‘lgani bilan korxona xususiy sektor va qo‘shni davlatlar tashuvchilari bilan raqobat qila olmayotgani qayd etildi. Bu borada bartaraf etilishi lozim bo‘lgan qanday jihatlarni sanab o‘ta olasiz?

– Darhaqiqat, muhim yo‘nalishlardan biri, bu – xalqaro avtobuslar yo‘nalishi. Bu borada jami 32 ta muntazam yangi xalqaro avtobus yo‘nalishlari – Tojikistonga 4 ta, Qirg‘izistonga 5 ta, Qozog‘istonga 18 ta va Rossiyaga 5 ta yo‘lga qo‘yilib, o‘tgan yilda 411 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi.

Joriy yilda esa muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarini qo‘shimcha ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan. Shunda Rossiya Federatsiyasiga jami 10 ta xalqaro avtobus yo‘nalishlari harakatlanadi. Buning uchun asosan xalqaro yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan “O‘zavtotransservis” MCHJ korxonasiga xususiy sektor jalb qilingan holda moliyaviy sog‘lomlashtiriladi va servis xizmatlariga ega yangi avtobaza tashkil qilinadi.

Vodiydan avtobus qatnovlari cheklanganligi sababli Rossiya bilan bog‘lovchi bitta chipta multimodal tashuvlar tashkil qilinadi, ya’ni Andijon shahridan Toshkent shahrigacha temir yo‘lda, Toshkentdan Moskvaga avtobusda qatnovchi, Andijon – Toshkent – Moskva multimodal yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi.

– Avtomobil yo‘llari tizimida eskicha yondashuvlarga barham berish zarurligi bugun zamon talabidir. Prezidentimiz yig‘ilishda ko‘zda tutgan eskicha yondashuvlar nimalarda ko‘rinadi?

– Avvalambor, shuni ta’kidlab o‘tish joizki, yo‘l xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qarorda sohaga oid barcha masalalar qamrab olinib, yechim topilmagan yo‘nalish qolmagan. Shu asosida beshta yo‘nalishga alohida e’tibor qaratildi – sifatga, innovatsion yondashgan holda loyihalashtirishga, ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish va raqamlashtirishga.

Birinchidan, qurilayotgan avtomobil yo‘llarining sifati va texnik talablarga javob berishi yo‘l qurilishida o‘rnatilgan nazorat tizimiga ham uzviy bog‘liq. Ushbu sohada vazirlik huzurida Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilib, unga barcha vakolatlar aniq belgilab berildi. Joriy yilda esa “Yo‘l sifat nazorat” axborot tizimi ishlab chiqiladi hamda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi, “Shaffof qurilish” va “Yagona davlat nazorati” axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi hamda ishga tushiriladi.

Mazkur tizim ishga tushirilishi natijasida yo‘l qurilishi ob’ektlarini ro‘yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi. Yo‘l qurilishi ob’ektlarining loyiha hujjatlari va ekspertiza xulosalari, texnik, mualliflik va ichki nazorat hamda ob’ektlarda bajarilayotgan ishlar, ijro hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimdan elektron shaklda o‘rganish, nazorat ishlarini amalga oshirish imkoni yaratiladi.

Shuningdek, Transport vazirligi huzuridagi kadrlarni qayta tayyorlash institutida Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasi – “FIDIC” talablari asosida tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq Yo‘l xo‘jaligi, Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi xodimlari va Transport nazorati inspeksiyasi inspektorlari malakasini oshirish tizimli yo‘lga qo‘yiladi. 

– Transport vazirligiga joriy yilda transport vaznini o‘lchaydigan kamida 30 ta tarozi o‘rnatish choralarini ko‘rish topshirildi. Har bir viloyat bo‘yicha “pilot” loyihalar boshlanishi belgilandi. Bu kelgusida qanday imkoniyatlarni yaratadi?

– Respublika hududida avtotransport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish muhim vazifa. Bugungi kunda inson omilisiz yuk avtomobillarining harakat davrida vazn va hajm parametrlarini avtomatik aniqlovchi jami 9 ta statsionar (3 tasida ishlar yakunlanmoqda) va 15 ta ko‘chma (mobil) tarozilar o‘rnatildi.

Shu bilan birga, 2024-2026 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 44 ta zamonaviy o‘lchov tarozilarini, jumladan, yuk avtomobillarining harakat davrida vazn va hajm parametrlarini aniqlovchi “WIM” tizimidagi tarozixonalar o‘rnatiladi. Bu, albatta, yuk avtomobillari vazni va hajmini aniqlash, tahlil qilish imkonini beradi. 

– Toshkent shahrida tirbandliklar katta muammoga aylanib bormoqda. Prezidentimiz aholini o‘ylantirayotgan ushbu masalaga to‘xtalar ekan, tizimli yondashgan holda tirbandliklar muammosi bo‘yicha takliflarni shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berdi. 

– Ta’kidlab o‘tganingizdek, bugungi kunda poytaxtimizning asosiy muammolaridan biri, bu – tirbandlik bo‘lib qoldi. Transport yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va rivojlantirib borishda ilmiy yondashuv muhim hisoblanadi.

Shu bois ilmiy yondashuv asosida Toshkent shahar hokimligi huzurida Harakatni tashkil etish va boshqarish markazini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Natijada yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etib, infratuzilmalarni tartibga keltirish va jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish kabi imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

– Tizimdagi yana qaysi yo‘nalishlarda kuzatilgan kamchiliklar yig‘ilishda Prezidentimizning tanqidiy munosabatiga sabab bo‘ldi va undan qanday xulosalarga kelindi?

– Bugungi kunda sohada amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar mavjud. Tan olib aytish kerakki, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanmaslik ortidan ayrim yo‘nalishlarda oqsoqliklarga yo‘l qo‘yildi.

Shu munosabat bilan joriy yilda ishlash tizimini yangicha yondashuv bilan tashkil etish, transport sohasidagi barcha yirik va kichik korxonalar bilan birgalikda, avvalambor, ichki resurslardan samarali foydalanish orqali transport xizmatlari hajmi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Yig‘ilishda belgilab berilgan vazifa va topshiriqlardan xulosa qildik. Mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 2024 yilda transport sohasini rivojlantirishning asosiy vazifalari etib transport va yo‘l infratuzilmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga e’tibor qaratamiz. Iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholining transport tashuvlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini qondirish yuzasidan amaliy harakatlarga kirishamiz. 

Bundan tashqari, transport turlari bo‘yicha ichki yo‘nalishlar soni va geografiyasini ko‘paytiramiz. Tashuvlar sifati oshirilib, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha boshlangan yirik loyihalar jadallashtiriladi. Mamlakatimiz tranzit salohiyatini oshirish, transport va logistika xizmatlari bozorida yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda korrupsiyaning oldini olish maqsadida raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish ko‘zda tutilgan.

Yo‘l qurilishi sifati hamda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida esa, albatta, qat’iy nazorat tizimini o‘rnatish muhim vazifalarimizdan biri bo‘ladi.

O‘zA muxbiri

Abdulaziz RUSTAMOV

suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tirbandlik va jamoat transporti muammolariga vazirlik qanday yechim topadi?