Tinch va osuda kunlarimiz, boshimiz uzra musaffo osmon, bexatar va osoyishta hayotimiz eng katta boyligimizdir.

Poytaxtimizdagi  “Central Park” bog‘ida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan konsert dasturida tinchlik, osuda kunlarni tarannum etuvchi ajoyib qo‘shiqlar yangradi.

Musiqiy dastur davomida O‘zbekiston Davlat filarmoniyasining “So‘g‘diyona” milliy cholg‘ular kamer orkestri ishtirokidagi dilga yaqin, qadrdon  qo‘shiqlar  tinglovchilar jo‘rovozligida ijro etildi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi "So‘g‘diyona" xalq cholg‘ulari kamer orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, professor Firuza Abdurahimova va  mohir dirijyor, xalqaro tanlovlar  laureati Qahramon Bozorov dirijyorlik qildi.

Ijro davomida goh tinglovchilarning ko‘zlariga yosh kelsa, gohi ular san’atkorlar bilan birgalikda qo‘shiq kuyladi.  Ayniqsa, G‘afur G‘ulom so‘zi,  Ikrom Akbarov musiqasi bilan kuylanuvchi “Sen yetim emassan”, Rasul Hamzatov so‘zi,  Yan Frenkel musiqasi bilan aytiluvchi “Turnalar”,  Vladimir Xaritonov so‘zi,  David Tuxmanov musiqasi asosidagi “G‘alaba kuni” qo‘shiqlari, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Nido” dostoniga Zumrad Tuychiyeva tomonidan yozilgan “Alla” musiqasi va boshqa musiqiy kompozitsiyalar san’at muxlislarida katta taassurot uyg‘otdi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinchlikni asrashga undovchi konsert