Tinchlik va farovonligimiz bardavom bo‘lsin
Insonlarga mehr-oqibat, xayr-saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilat. Bunday ezgu tushunchalar ayniqsa, muborak mohi ramazonda yanada keng quloch yoymoqda. Dehqonobodda ham muborak oy munosabati bilan iftorlik tadbirlari davom ettirilmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Dehqonobod tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tumandagi “Bo‘ston” mahallasida yashovchi ro‘zadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Iftorlikda tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ham ishtirok etib, yig‘ilganlarni muborak Ramazon oyi bilan qutladi.

Ro‘zadorlar yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va xayrli ishlarning chekka qishloqlargacha yetib kelayotgani haqida o‘zaro so‘zlasharkan, bu imkoniyatlar uchun shukronalar aytishdi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.