“Times of Oman”: Özbekiston va Ömon hamkorligi strategik şeriklik darajasiga kötarilmoqda
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Ömon Sultonligiga davlat taşrifi mazkur mamlakat ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Xususan, Ömonning “Times of Oman” naşrida ikki davlat örtasidagi munosabatlar tarixi, bugungi hamkorlik va uning istiqbollariga bağişlangan maqola eʼlon qilindi.
“Özbekiston va Ömon: tarixiy döstlikdan strategik şeriklikning yangi davri sari” sarlavhali maqolada Prezident Şavkat Mirziyoyevning Masqatga davlat taşrifi va Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan muzokaralari ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlangan.
Maqolada Özbekiston va Ömon örtasidagi munosabatlarning şakllaniş tarixi hamda sönggi yillardagi rivojlaniş surʼati atrofliça tahlil qilingan. Naşr maʼlumotlariga köra, Ömon 1991-yil dekabrda Özbekiston mustaqilligini birinçilardan bölib tan olgan, diplomatik munosabatlar esa 1992-yil 22-aprelda örnatilgan. 2010-yilda Ömonning Toşkentdagi, 2018-yilda esa Özbekistonning Masqatdagi elçixonalari oçilgan. Sönggi yillarda siyosiy muloqot sezilarli darajada faollaşib, 2024-yilda Özbekiston taşqi işlar vaziri Ömonga, 2025-yilda esa Ömon taşqi işlar vaziri mamlakatimizga taşrif buyurdi. 2026-yil 30-iyunda Masqat şahrida ikki davlat taşqi siyosat mahkamalari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlarning töqqizinçi davrasi bölib ötdi.
Şuningdek, maqolada savdo-iqtisodiy hamkorlik körsatkiçlariga alohida urğu berilgan. Xususan, 2025-yilda özaro tovar ayirboşlaş hajmi 2,3 million dollarni taşkil etgan bölsa, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida bu körsatkiç 3,3 million dollarga yetdi. Naşrda keltirilişiça, ikki mamlakat yaqin istiqbolda özaro savdo hajmini 500 million dollarga yetkazişni maqsad qilgan.
Muallif Ömon investitsiyalarining Özbekiston iqtisodiyotidagi örniga ham töxtalib ötgan. Bugungi kunda mamlakatimizda oziq-ovqat sanoati, logistika markazlarini modernizatsiya qiliş va zamonaviy mehmonxonalar barpo etiş böyiça qator loyihalar amalga oşirilmoqda. Jumladan, Ömonning “Atyab International Services” kompaniyasi Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan ötkaziş va sertifikatlaş markazini taşkil etdi.
Transport va logistika sohasidagi şeriklik maqolaning asosiy yönalişlaridan biri sifatida körsatilgan. 2026-yil iyun oyida Ömonning “Asyad Group” kompaniyasi Özbekistondagi “Universal Logistics Services” va “Highway Logistics Center” logistika platformalarining nazorat paketlarini sotib oliş böyiça bitimni yakunladi. Taʼkidlanişiça, uşbu kelişuv Ömon dengiz portlarini Özbekiston transport tarmoqlari bilan boğlaş imkoniyatlarini kengaytiradi. Ayniqsa, Sohar, Salala va Duqm portlari orqali Janubiy Osiyo, Yaqin Şarq hamda Afrika bozorlariga çiqiş Özbekiston uçun strategik ahamiyatga ega.
Bundan taşqari, turizm va madaniy-gumanitar aloqalar rivojiga ham eʼtibor qaratilgan. 2026-yil 3-iyuldan “Oman Air” aviakompaniyasi Masqat – Toşkent yönalişida töğridan-töğri aviaqatnovlarni yölga qöydi. Özaro vizasiz safar qiliş tartibi esa sayyohlar va işbilarmonlar uçun qöşimça qulaylik yaratmoqda.
Maqolada, şuningdek, Ömon kömagida Özbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik institutida zamonaviy kutubxona barpo etilgani, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida esa Ömon Sultonligi tadqiqot markazi faoliyat yuritayotgani eʼtirof etilgan.
“Times of Oman” naşri xulosasiga köra, Prezident Şavkat Mirziyoyevning Ömonga davlat taşrifi ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, yangi bozorlarni özlaştiriş va uzoq muddatli şeriklikni mustahkamlaşga xizmat qiladi. Şu bilan birga, uşbu hamkorlik Markaziy Osiyo va Arabiston yarimoroli örtasidagi özaro boğliqlikni yanada kuçaytiradi.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA