Keyingi yillarda yurtimiz ozodligi uchun kurashgan ajdodlarimizga munosabat tubdan o‘zgardi. Vatan uchun jonini fido qilgan bobolarimizga munosib bo‘lgan, ular orzu qilgan istiqlolni ko‘z qorachig‘idek asrash, ayniqsa, bugungi murakkab zamonda har qachongidan-da dolzarb sanaladi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Jadid” gazetasi tashkil etilgani jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etishda o‘ziga xos tafakkur maydoni bo‘lib xizmat qiladi. 

Mazkur gazeta bosh muharririning birinchi o‘rinbosari Humoyun Akbarov bilan suhbatimiz tahririyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida bo‘ldi.

– “Jadid” gazetasi tashkil etilishi madaniy hayotimizda ulkan voqea bo‘ldi. Ayting-chi, gazetaning maqsadi, asosiy mavzu va yo‘nalishlari nimalardan iborat?

Davlatimiz rahbari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida so‘zlagan nutqida: “Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san’at namoyandalari, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqanlar. XX asr boshlarida xalqimizni ozodlik va ilm-ma’rifat uchun kurashga chorlagan jadid bobolarimizni eslaylik”, deya yurtimiz ziyolilarini jasoratga undab, ular uchun g‘oyaviy minbar sifatida “Jadid” nomli adabiy, ilmiy-ma’rifiy, ijtimoiy gazetani tashkil etish tashabbusini o‘rtaga tashladi. Bu tashabbus ziyolilar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. 

Mana, qisqa fursatda gazetaning ilk sonlari o‘quvchilar hukmiga havola etildi. Jadid bobolarimiz ilgari surgan g‘oyalar bugungi kun uchun ham g‘oyatda dolzarbligi gazeta sahifalarida yoritilgan turli mavzudagi materiallarda  o‘z aksini topdi. Biz uchun quvonarli tomoni, bu chiqishlar ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi, tahririyatga kelgan aks-sadolar shundan dalolatdir. Ammo albatta, bu ilk qadamlar ekanini inobatga olish kerak. “Jadid”ning ma’naviy-ma’rifiy davralarga yangi nafas olib kira boshlagani ezgu maqsadimizni ifoda etadi. Nashrning asosiy maqsadi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, xalqimizning boy tarixini, ilmiy-ma’rifiy va adabiy merosini keng targ‘ib etish bilan birga, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti muammolarini, bugungi adabiy jarayonda yaratilayotgan turli janrdagi badiiy namunalarni, shuningdek, madaniyat va san’at sohasidagi yutuq va kamchiliklarni keng yoritishdan iborat. Bu keng ko‘lamli faoliyat. 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvi jadal tus olgani matbuotning bu jarayonlarda peshqadam bo‘lishini taqozo etadi. Aynan shu jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi ham bizning diqqat markazimizda. Ayni paytda jadid ma’rifatparvarlari merosi, ularning ilg‘or g‘oyalari, milliy davlatchilik rivoji tarixidagi o‘rni va ta’sirini o‘rganish hamda targ‘ib etish faoliyatimizning asosiy yo‘nalishi sanaladi. Sir emaski, ezgu niyat bilan ilgari surilgan g‘oyalar davrlar o‘tishi bilan o‘zining ahamiyatini saqlab qolgan ekan, bu uning qadr-qimmatini belgilaydi. 

– “Jadid” gazetasida asosan jadidchilik harakati va uning namoyandalari faoliyatini yoritadigan materiallar berib boriladi,  degan gaplarni ham eshityapmiz...

Yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki musulmon olami va turkiy dunyo tarixida chuqur iz qoldirgan jadidchilik harakatini har tomonlama o‘rganish sharafli vazifa ekanini ko‘rsatdi. Darhaqiqat, mohiyat e’tiboriga ko‘ra, noyob ijtimoiy-siyosiy fenomen bo‘lgan jadidchilik g‘oyasining shakllanishi va taraqqiyotiga doir dunyoning bir qator mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotlar yaratilgan. Biroq, shunga qaramay bu harakat namoyandalarining Markaziy Osiyo hududida milliy davlatchilik va mintaqaviy o‘ziga xoslikni, fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasini konseptual va tizimli tarzda chuqur o‘rganish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

“Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu g‘oya bilan maydonga chiqqan jadid bobolarimiz xalqimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqishning asosiy yo‘li – bilim va ma’rifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, deb bildilar. Shu ma’noda, jadidlar harakatining keng qamrovli faoliyatidan bugungi yoshlarni xabardor etish zarur. Axir, Vatan mustaqilligi va taraqqiyoti uchun kurashgan jadid bobolarimiz fidoyiligi barmoq bilan sanarli mutaxassislarga ma’lum. Bu bo‘yicha ko‘pchilik bexabar. Ularning qarashlarini xalqimiz ongiga singdirish asosiy maqsadimizdir. 

Hali aytganimdek, uzoq va yaqin o‘tmish hodisalarini yoritish bilan cheklanish vaqtli matbuot faoliyatini bir qadar toraytirib qo‘yadi. Shu sababli, bugun milliy tafakkurimizda, uning tarkibiy qismi bo‘lgan badiiy tafakkurimizda qanday yangilanishlar kechayotgani ham “Jadid” gazetasi e’tibor markazida bo‘ladi. Yangi ijod namunalari, adabiy jarayon, bahs-munozaralar, jahon adabiyoti, ayniqsa, turkiy xalqlar zamonaviy adabiyotidagi yangiliklar ham izchil yoritib boriladi.

Albatta, bu jarayonda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz tomonidan olg‘a surilgan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-ma’rifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, ularning turli millat va elatlar o‘rtasida bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish, milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan faoliyati yetakchi mavzulardan biri bo‘ladi.

Bir paytlar “O‘zbekiston madaniyati”, keyinchalik “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” nomi bilan chop etilgan gazeta endilikda “Jadid” nomi bilan chiqa boshlagani esa, shu ma’noda muhim ramziylik kasb etadi, deb o‘ylayman. Mustabid sovet zamonida ham jadidlar mavzusini ilk bor ko‘tarib chiqqan nashr ham aynan bizning gazeta bo‘ladi. Uning adabiyot va san’atga oid mavzulari va yo‘nalishlarini avvalgidek saqlab qolgan holda, “Jadid” nomida ko‘p ming adadda, yana qo‘shimcha ikki sahifa ko‘paytirib nashr etila boshlangani gazeta faoliyatida yangi bir davrni boshlab bergani, shubhasiz.

– “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi o‘z faoliyatini to‘xtatgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda turlicha fikrlar aytilmoqda. Bu fikrlarga munosabatingiz qanday?

– “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi muxlislariga jonkuyarliklari uchun minnatdorlik bildirgan holda, bu gazeta “Jadid” nomida, mavzu doirasi kengaygan holda nashr etilishi haqida gazetamizning 2023 yilgi oxirgi sonida xabar bergan edik. “Jadid” gazetasi “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”ning asosiy jihatlarini saqlab qoladi: yangi she’riy turkumlar, hikoyalar, salmoqli adabiy-tanqidiy maqolalar, madaniyat yangiliklari, shuningdek jahon adabiyotiga oid turli xabarlar berib boriladi.

Bundan yuz yil oldin britaniyalik qomusiy olim, yozuvchi Jon Lebbok: “Ingliz adabiyoti – inglizlarning milliy boyligi, madaniy merosi. Biz dunyoga buyuk shoirlar, donishmandlar, olimlar yetkazib berganmiz va yetkazib bermoqdamiz. Boshqa hech bir xalqda bunchalik yorqin, olijanob adabiyot yo‘q. Adabiyotimiz iqtisodiyotimizdan ko‘ra boyroq, harbiy kuchlarimizdan ko‘ra qudratliroq. U Vatanimizning chinakam g‘ururi va shon-sharafi, uni madh etgan so‘zlarning hech qaysisi uning o‘zi qadar yuksak bo‘la olmaydi”, deb yozgan edi. Navoiy bobomiz esa, bu fikrni besh yuz yil oldin shunday go‘zal ifoda etgan:

Olibmen taxtu farmonimg‘a oson,

Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.

Shu nuqtai nazardan aytish o‘rinliki, ijodkorlarimiz, adabiyotshunos olimlarimizning tom ma’noda jadidlar singari jamiyat hayotiga faol aralashuvi, maydonga chiqish vaqti yetdi. Yozuvchi va shoirlarimizdan yangi, pishiq-puxta asarlar kutamiz. Tahririyatning Adabiyot va san’at bo‘limi avvalgidan ko‘ra ham talabchanlik bilan o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Istardikki, ijodkorlarimiz she’riy va nasriy asarlari qatorida davrimiz muammolariga bag‘ishlangan publitsistik maqolalar, bugungi kunda unutilayozgan ocherk, fel’eton singari janrlarda ham asarlar yozsalar. Ulardan yangi fikr, yangi ilg‘or g‘oyalarni kutib qolamiz. Ma’lumki, jadid – yangi, yangilik demak!

Gazetaning muallifi, yaratuvchisi uning o‘quvchisi hamdir. Buni unutmaslik kerak. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasidan uzoqlashib ketgan o‘quvchilar “Jadid”ga yaqinlashsalar, uni o‘z minbarlariga aylantirsalar jamiyat bilan hamqadamlik boshlanadi. Ulug‘lar lutf etganidek, o‘zgarishlarni o‘zimizdan boshlashimiz hamisha ibratlidir! 

Darvoqe, ijtimoiy tarmoqlarda keyingi paytda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” ning adadi kamayib ketgani haqida ko‘p yozishmoqda. Bugungi kunda nashr adadi anchayin nisbiy emasmikin?!. Chunki o‘nminglab adadda chiqadigan, ammo birov o‘qimaydigan gazetalar ham bor. Ammo “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”ning internet sahifalarida o‘n minglab o‘quvchisi bor edi, har bir sonini qo‘shni Tojikistonning Xo‘jand, Qozog‘istonning Chimkent, Qirg‘izistonning O‘sh singari hududlarida yashab, o‘zbek tilida ijod qiladigan yozuvchi-shoirlargina emas, oddiy maktab o‘qituvchilari ham kuzatib borishgani bizga ma’lum. 

Okean orti davlatlari, Rossiya, Ozarbayjon, bundan tashqari turli mamlakatlarda yashayotgan o‘zbeklar ham “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”ning har bir sonini kutishardi. Tahririyat ular bilan yaqin aloqa o‘rnatgandi. O‘tgan yili xorijda yashayotgan o‘zbeklarning o‘ndan ortiq asarlari gazeta sahifalarida yoritildi. Birgina misol: o‘shlik Odiljon Dadajonovning internetdagi “O‘sh va o‘shliklar” kanalida har juma kuni “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”ning yangi soni qo‘yib borildi. Bu hamkorlik kelgusida “Jadid” gazetasi bilan ham davom etadi, albatta. 

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi maktabda, o‘quvchilik davrimizda qalbimizdan joy olgandi. Bunda ulug‘ ustozlarimizning xizmati katta. Bizning ko‘p shirin xotiralarimiz shu gazeta bilan bog‘liq. Buni inkor etib bo‘lmaydi. Tez orada “Jadid” gazetasi ham o‘quvchilar qalbidan munosib o‘rin olishiga ishonchimiz komil.

– “Jadid” gazetasining yangi ruknlari, dolzarb mavzulari haqida to‘xtalsangiz.

Gazetachilikda bu narsalar sir saqlansa-da, mayli qisman aytib o‘tay. Jadid bobolarimiz o‘rtaga tashlagan muammolar hamon kun tartibida turgani barchamizga ma’lum. Abdulla Avloniy bundan yuz yil oldin yozgan otalarning maktab ta’limiga e’tiborsizligi, tarbiya ko‘rmagan ota-onalar haqida bildirgan fikrlari ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Abdulla Qodiriy hangomalarida nayzadek qalamga olingan muammolar hali ham uchrab turadi. Munavvar qori Abdurashidxonov yozganidek, “Bugungacha Ovrupo xalqi osmong‘a uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari, ovrupolilar dengiz ostida suzar ekan, bizda uzun va qisqa ки­йим janjallari, Ovrupo shaharlari butun elektrik bilan isitilur va yoritilur ekan, bizda maktablarda jo‘g‘rofiya va tabiyot o‘qitish, o‘qitmaslik ихтилоф­лари... davom etadi”. Bu barchamizga ma’lum va mashhur gaplar. Shu singari jadid ma’rifatparvarlarning teatrga, maktabga, kutubxonaga, umuman, jamiyatga, davlat tuzumiga, ertangi kunga munosabatlarini o‘rganishimiz va muhimi, “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu g‘oyaни xalqimizning kundalik turmush tarziga singdirish bosh maqsadimiz. Bu ezgu g‘oya barchamizga birdek tegishli.

Nigora RAHMONOVA

suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tilda, fikrda, ishda birlik