Mamlakatimiz qonunchiligida aynan tilanchilik qilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalasi belgilangan bo‘lsa-da, ushbu normaning hayotda qat’iy ishlamayotgani bunday shaxslarning kundan kun ko‘payib borishiga zamin bo‘lmoqda.
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida mazkur masala muhokama qilindi.
Ichki ishlar vazirligining qo‘mita xatiga bergan javobiga ko‘ra, IIV xodimlari tomonidan ko‘chalar, xiyobonlar, bozorlar va ularga tutash hududlardagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari hamda avtomobil yo‘llarida hududiy ichki ishlar organlari tomonidan tegishli topshiriqlar asosida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada yanvar va fevral oyining 20 kunlik davrida tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan 131 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularga nisbatan 8 million so‘mga yaqin jarima jazosi belgilangan hamda 1 nafar huquqbuzarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
O‘zA