Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tilshunos va adabiyotshunos olimlar, yozuvchi-shoirlar, talaba yoshlar ishtirokida oʻtgan tadbirda ona tili millatning ruhi, borligimiz va birligimiz, davlat timsoli ekani, uni asrash va rivojlantirish har bir fuqaroning insoniy burchi ekani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilgan.

Tadbirda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yoʻlidagi muhim qadamlaridan biri boʻlgani alohida qayd etilib, mamlakatimizda istiqlol yillarida barcha sohalarda boʻlgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim oʻzgarishlar yuz bergani haqida soʻz bordi.

Darhaqiqat, oʻzbek tilining xalqaro miqyosda mavqei oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor goʻzalligi va jozibasini toʻla namoyon etishi bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya, lugʻatlar, darslik va oʻquv qoʻllanmalari chop etildi.

Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod soʻz va soʻz birikmasi, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalar, shevalarda qoʻllaniladigan soʻzlarni oʻz ichiga olgan besh jildlik “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” yaratilishi bu borada amalga oshirilgan ishlarning eng muhimlaridan sanaladi.

Til har bir millat madaniyatining oʻzagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, oʻqitadi, urf-odat va ananalarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qoʻshishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishimiz lozim.

Tadbir doirasida ona tilimizni ulugʻlovchi, madh etuvchi sheʼrlardan namunalar oʻqildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Til xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilovchi muhim omildir
Жамият
11:10 / 21:10:2020