Bugun yoshlar orasida xorijiy tillarni o‘rganish nafaqat ehtiyoj, balki zamon talabiga aylandi. Ingliz, nemis, fransuz, xitoy, yapon, koreys tillarini puxta o‘rgangan ko‘pchilik yoshlar xorijga chiqish, o‘sha yerda yashab, ishlash haqida o‘ylaydigan bo‘lib qoldi. Savol tug‘iladi – nima til o‘rganish faqat chet elga ketish, boshqa yurtda ishlash uchun kerakmi? Til bilimi avvalo, kindik qoning to‘kilgan yurt uchun, ming yillardan buyon shu zaminni makon tutgan xalq uchun xizmat qilish uchun emasmi? Yo bu ayrim yoshlar o‘ylayotganidek imkoniyatlarni cheklaydimi?

Xorijiy tilni o‘rganish — shaxsiy rivojlanish, xalqaro maydonda o‘zini namoyon etish, zamonaviy bilimlarni puxta egallash yo‘lida muhim vosita. Til o‘rganish dunyo ilm-fani, texnologiyalari va madaniyatini yaqindan o‘rganish imkoniyatini kengaytiradi. O‘sha ilm-fan va texnika-texnologiya yutuqlarini yurtimizga olib kelish, hayotimizga joriy etish uchun zo‘r imkoniyat. 

Albatta, ko‘pchilik yoshlarning xorijga ketish istagi iqtisodiy va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Xorijda ta’lim va ish sharoitlari ko‘pincha jozibador ko‘rinadi. Ammo ba’zi hollarda bu tendensiya "yurtimda imkoniyat yo‘q" degan noto‘g‘ri tasavvurdan kelib chiqadi. Holbuki, hozir O‘zbekistonimizda ham xorijiy til bilimi orqali katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Masalan, xalqaro kompaniyalar, informatsion texnologiyalar sohasi, xorijiy universitetlar filiallari va turli grant dasturlari orqali til bilgan yoshlar yurtimizda yashab, ishlab ham rivojlanmoqda, dunyoga o‘zini namoyon etmoqda. 

Darhaqiqat, o‘tmishda ham ajdodlarimiz ilm izlab chet ellarga borgan, xorijiy tillarni o‘rgangan va dunyo ilm-fani bilan nafaqat tanishgan, balki uni yangi bosqichga ko‘targan, umumbashariy taraqqiyotga bemisl hissa qo‘shgan. Abu Rayhon Beruniy hind (qadimgi sanskrit) tilini o‘rganib, Hindiston madaniyati va ilm-faniga oid bebaho asarlar yozgan. Al-Xorazmiy arab va yunon tillarida ilmiy izlanishlar olib borgan va algebra asoschisi sifatida tanilgan. Ahmad Farg‘oniy yoki Ibn Sino arab tilini mukammal bilib, matematika, tibbiyot va falsafaga oid asarlari bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan.

Mirzo Ulug‘bek Samarqandda madrasalar ochib, xorijiy olimlarni taklif qilgan, ularning tajribasini o‘rgangan va natijada shu yerda ulkan ilmiy markaz yaratgan. O‘zi xorijga ketmasdan, o‘sha yurtlardagi ilmiy merosni ona yurtiga olib kelgan. Alisher Navoiy ham fors tilini puxta bilgani holda, turkiy tilda ajoyib asarlar yozib, o‘z xalqiga xizmat qilgan. E’tibor qiling, ular chet elga ketmasdan, ilm va adabiyot orqali el-yurti rivojiga katta hissa qo‘shgan. Rivoyat qilishlaricha, ulug‘larimizdan biri yoshligida o‘sha davrda keng tarqalgan tilni o‘rganish uchun chetga borishni niyat qilgan. Ammo ustozi unga “til o‘rganish uchun o‘z yeringda ham imkoniyat bor. Muhimi, ilmni egallagach, uni o‘z xalqing manfaati uchun ishlat”, degan ekan. Shu nasihatdan ilhomlangan yigit chet elga ketmagan va o‘z yurtida qolib, ham forsiy, ham turkiy tilda nodir asarlar yaratgan. Ilm-fan va adabiyot orqali o‘z xalqining ma’naviy olamini boyitib, o‘z zamonasida va undan keyingi asrlarda ham hurmat qozongan.

Til o‘rganish, albatta, imkoniyatlar eshigini kengaytiradi, lekin bu eshik faqat chet elga olib borishi shart, degani emas. Bugungi kunda tajribasizligi, oliy ma’lumoti yo‘qligi yoki vaqtinchalik ishsizlik, past ish haqi va mehnat sharoitining yomonligi kabi muammolarga duch kelayotgan yoshlar ko‘pligini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, o‘z huquqlari, ya’ni munosib ish haqini olishda qiynalib, ko‘pincha xorijga ishlashga yoki chet elda ta’lim olish uchun grantlarga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda xorijiy tilni o‘rganish, zamonaviy sohalarda ishlash va xalqaro kompaniyalarda muvaffaqiyatga erishish imkoniyati tobora kengayib borayotgani ham bor gap. Shunday bo‘lsa-da, mavjud imkoniyatlardan foydalanish o‘rniga “til bilamanku, demak, chet elga ketaversam bo‘ladi”, deguvchilar ham ko‘p. O‘z huquqi va mehnat sharoitlari yaxshilanishini kutish o‘rniga, xorijga chiqish orqali o‘z maqsadlariga erishish imkoniyatlarini izlayapti.

Agar biz ajdodlarimizdan o‘rnak olsak, ular ilm, tajriba va ko‘nikmani faqat shaxsiy maqsadlar uchun emas, balki xalq farovonligi uchun ishlatgan. Shu bilan birga, hozirgi kunda yoshlarimiz xorijga chiqish istagi bilan bir qatorda, davlatimiz ko‘magida o‘z yurtimizda imkoniyatlar yaratish zaruriyatini his etmoqda. Bunda, birinchi navbatda, mahalliy ish o‘rinlarini kengaytirish, ish haqlarini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, xorijiy til o‘rganish, o‘qish yoki tajriba orttirish orqali yurtimizdagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga hissa qo‘shish imkoniyatlari yanada ko‘proq bo‘lishi davr talabidir. Ajdodlarimiz kabi, ilmni va tilni o‘z xalqimizning taraqqiyotiga yo‘naltiradigan bo‘lsak, yoshlarimizning xorijga ketish istagi kamayishi va ular o‘z yurtida muvaffaqiyatga erishishlari ancha osonlashadi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonni yanada kuchli va mustahkam davlatga aylantirishga hissa qo‘shadi.

Sabina Amonullayeva,

O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti 3-kurs talabasi

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Til o‘rganish faqat chet elga ketish uchun kerakmi?