Oliy attestatsiya komissiyasida 21-oktyabr - Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Til – millatning ruhidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tilshunos va adabiyotshunos olimlar ishtirokida boʻlib oʻtgan tadbirda oʻzbek tilining rivojlanish tarixi, mamlakatimizda soʻnggi yillarda ona tilimizning nufuzini oshirish, millat tafakkurining bebaho xazinasi sifatida uning jahondagi oʻrnini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz bordi.

– Bugun dunyoda olti mingga yaqin til va sheva boʻlib, shundan bor-yoʻgʻi yuzga yaqini davlat tili maqomiga ega, – dedi adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Yorqinjon Odilov. – Ular orasida ona tilimizning ham borligi bizlarga cheksiz gʻurur va iftixor bagʻishlaydi. Zero, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida gʻoyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.

Tadbirda shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimida oʻzbek tilining mavqeini mustahkamlash hamda koʻlamini yana-da kengaytirish boʻyicha koʻrilayotgan amaliy chora-tadbirlar, natijalar xususida ham maʼlumot berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Til millatning ruhidir
Жамият
11:18 / 21:10:2020