Dono xalqimizda "Til bilgan – el biladi" degan purma’no maqol bor. Darhaqiqat, boshqa xalqlar tilini o‘rganmoq, ularning diliga yo‘l topmoqdir.

Bugun texnika asri, globallashuv davrida yashar ekanmiz, zamon insonlarning taraqqiyot bilan hamnafas, hamqadam odimlashini taqozo qilmoqda. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, xorijiy tillar kafedrasi mudiri Shahodat Rahimova mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

– Muqobil ta’lim tizimlari paydo bo‘lgani sayin, jamiyatda mutaxassislarga ehtiyoj ortib bormoqda. – Bundan tashqari, kasbiy kompetentlik haqida gap ketar ekan, bu talab kelajak avlod tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan o‘qituvchilar uchun ikki baravar ahamiyat kasb etadi. 

O‘z-o‘zini rivojlantirish va takomillashtirish mahorati, malaka oshirish uchun barcha imkoniyat va manbalardan foydalanish qobiliyati kelajak o‘qituvchilarining eng muhim kasbiy kompetentliklari deb hisoblanishi mumkin. Bu o‘z tajribalarini va o‘qituvchilar jamoasining yutuqlarini tahlil qilish, fikr almashish, muayyan muassasa oldiga qo‘yilgan ta’lim maqsadlariga mos keladigan qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish mahoratini ham o‘z ichiga oladi. Til o‘rganish va o‘qitish borasida dunyoning yetuk olimlari tajribasida samarali natija berib kelayotgan o‘qitish metodikalari, shuningdek, xorijiy tillarni o‘qitish sohasida «bog‘cha-maktab-oliy ta’lim tashkiloti-korxona» tamoyilidagi uzluksiz ta’lim zanjirini joriy etish, aholining barcha qatlamlariga mos bo‘lgan tilni o‘rganish bo‘yicha uslubiyot va tavsiyalarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish singari ko‘plab salmoqli ishlar bajarib kelinmoqda. 

Ta’kidlashni istardimki, mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish va sohani rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining tashkil etilishi, soha mutaxassislariga bir qator imkoniyatlar va qulayliklar yaratish bilan bir qatorda, katta mas’uliyat ham yuklaydi, – deydi Shahodat Rahimova. 

– Prezidentimizning 2021 yil, 19 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining tashkil etilishi biz mutaxassislar uchun katta imkoniyat eshiklarini ochdi. Buni mamlakatimizda ingliz tilini o‘rganishni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim bir qadam deb bilaman, – deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhabbat Toshmurodova. – Agentlik tomonidan olis hududlarda joylashgan yoki xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatkichi past bo‘lgan ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari va xorijiy hamkorlar vakillaridan iborat mobil guruhlar shakllantirildi. Mazkur mobil guruhlar tomonidan «kaskad» tamoyili asosida hududlarda xorijiy tillarni o‘qitish va ommalashtirish bo‘yicha trenerlar tayyorlanmoqda hamda ularning hududdagi chet tillari o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha faoliyati tashkil etildi. Respublikamizdagi 207 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining xorijiy tillarga ixtisoslashtirilishi munosabati bilan ayni maktablarda xorijiy tillarni o‘qitishni tubdan isloh etish va takomillashtirish, shu bilan birga respublikamiz oliy ta’lim muassasalari qoshida xorijiy tillarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun o‘quv markazlari tashkil etildi. 

Agentlik qisqa muddat ichida uzluksiz ta’lim tizimining bosh bo‘g‘inlari sanalgan vazirliklar, chet tili o‘qitishning turli sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan ko‘plab xorijiy va mahalliy tashkilotlar hamda davlat va nodavlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, katta-katta loyihalar ustida ishlashga muvaffaq bo‘lmoqda. 

Jumladan, Britaniya Kengashi, AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekistondagi Gyote instituti, Yaponiya va Koreya xalqaro hamkorlik agentliklari, At Tanal Al Arabi arab tilini o‘qitish va test tizimini o‘z ichiga olgan tashkilot, Istanbul Aydin университети, shuningdek, xorijiy nashriyotlar bilan aloqa o‘rnatilib, hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Til bilgan – el biladi 