Til bayrami – el bayrami, ijod bayrami
FOTOREPORTAJ
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. 1989 yilning 21 oktyabr kuni “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, unga ko‘ra o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi va ushbu sana bayram sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Namangan shahridagi “Adiblar xiyoboni”da mazkur tarixiy kunga 35 yil to‘lishi munosabati bilan “Til bayrami – el bayrami, ijod bayrami” mavzuida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, ta’lim sohasi mutasaddilari, OAV, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
[gallery-19903]
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, iste’dodli shoir, publitsist, adib va tarjimon Muhammad Ali Ahmedov, viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshed Hatamov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, shoir Ziyovuddin Mansurov so‘zga chiqib, davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar xususida so‘z yuritdi.
Xiyobon markazidagi Boborahim Mashrab haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
So‘ng viloyat musiqali drama teatrida konsert dasturi va mushoira tadbiri tashkil etildi. Unda taniqli yozuvchi, shoir va publitsistlarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va viloyat hokimligining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA