Munosabat

O‘zbekistonda oxirgi yillarda tibbiyot sohasiga davlat miqyosida jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Turli islohotlar, loyihalar va tashabbuslar tufayli sohada ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bu aholi salomatligini yaxshilash va tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Kadrlar muammosi bo‘yicha ham bir qator choralar ko‘rilmoqda. Oliy o‘quv yurtlari va kollejlarda tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshirildi. Xususan, so‘nggi yetti yilda tibbiyot oliygohlariga qabul 4,5 barobar ko‘payib, yiliga 25 ming nafar yoshlar o‘qishga kirmoqda. Ularning 40 foizi xususiy oliygohlarda o‘qimoqda. Tibbiyotga ajratilayotgan mablag‘ 6 karra oshib, joriy yilda 42 trillion so‘mga yetdi.

Mahalladagi birlamchi bo‘g‘in bilan ixtisoslashgan xizmatlarni bog‘laydigan kompleks tizim yaratildi. Natijada, ilgari faqat poytaxtda bajarilgan 400 dan ortiq yuqori texnologik amaliyot viloyat va tumanlarda o‘tkazilmoqda. Birgina buyrak ko‘chirish amaliyoti kuniga 2 tadan bajarilmoqda.

Mamlakatimizda har o‘n ming aholiga 27 nafar shifokor to‘g‘ri keladi. Bu AQSH, Buyuk Britaniya, Finlyandiya bilan bir xil ko‘rsatkich. Turkiya va Kanadada bu raqamlar 1,5 baravar kam.

Qolaversa, sog‘liqni saqlash tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali samaradorlik oshirilmoqda. Elektron tibbiy karta, telemeditsina va onlayn navbatga yozilish kabi xizmatlar faoliyat yuritmoqda. Ayniqsa, Toshkent shahridagi yirik klinikalarda onlayn tashxis qo‘yish va masofaviy konsultatsiya xizmatlari kengaymoqda. Bu esa, chekka hududlardagi bemorlar uchun ham malakali shifokorlarga murojaat qilish imkoniyatini yaratadi.

Umuman olganda, tibbiyot sohasidagi bu kabi ijobiy islohotlarga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Biroq, hali sohada aholi roziligini oshirish, salomatligini asrash borasida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar ham yo‘q emas. Buni kecha davlatimiz rahbari raisligida tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini va ixtisoslashgan muassasalarda xizmatlar sifatini yanada oshirish, dori vositalari iste’molini tartibga solish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish misolida ham ko‘rish mumkin.

Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan sohada erishilgan natijalar tahlil qilinib, galdagi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Jumladan, “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlanishi e’lon qilindi. Endi tibbiyot tizimini isloh qilish faqat laboratoriya yoki apparat bilan emas, muassasa muhiti va odamlarga munosabat bilan boshlanadi. Bu dastur aynan inson uchun qulay va munosib muhit yaratishga qaratilgan. Bu – xalqni tinglayotgan, xalq kayfiyatini his qilayotgan davlatning ifodasidir.

Bunda, viloyat hokimlari kutish joylarida qulay o‘rindiqlarni ko‘paytirib, navbatni tartibga keltirish, “ona-bola” xonalarini tashkil qilish, nogironligi borlar erkin harakatlanishi uchun kirish-chiqish joylari, xona va yo‘laklarda inklyuziv muhit yaratish, qo‘l yuvishga issiq suvi bor pokiza hojatxonalar tashkil etish uchun mas’ul bo‘lishi belgilandi. Bunga har bir viloyat hokimi 10 milliard so‘mdan mablag‘ ajratadi.

Qisqa qilib aytganda odam shifoxonaga dard bilan keladi. Endi uni maoshi kam, hojatxonasi kir, navbati uzun, shifokori qo‘pol muassasa kutib olmaydi. Shifoxonalarimiz fayzli joyga aylanadi. Shu asosda “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlandi. Bu dastur – shunchaki tozalash yoki ta’mirlash emas, balki insonning kayfiyatini, munosabatni va ishonchni tiklashga qaratilgan harakatdir.

Shu bilan birga, hududlarda yuqori texnologik operatsiyalarni o‘tkazish imkoniyati bo‘lsada, bemorlar hali ham Toshkentga kelayotganiga ham e’tibor qaratildi. Misol uchun, o‘tgan yili yurak ishemik kasalligi bor bemorlarga ko‘rsatilgan koronarografiya va stentlash amaliyotining 80 foizi Toshkentda bajarilgan. Jarrohlik amaliyoti talab qilmaydigan yurak ishemik kasalligi bor bemorlarning ham poytaxtga kelishi kamaymagan.

Eski “order” tizimidan voz kechilib, imtiyozli toifadagi shaxslarni “elektron yo‘llanma” orqali davolashga o‘tilganiga ikki yil bo‘ldi. Lekin respublika markazlarining birortasi bemorlarning viloyat yoki tumanda qolib davolanishidan manfaatdor emasligi tanqid qilindi. Sabab – mablag‘ning asosiy qismi haligacha respublika markazlariga ajratilmoqda.

Shu munosabat bilan respublika markazlarida byudjet hisobidan faqat yuqori texnologiyali murakkab amaliyotlar o‘tkazilishi belgilandi. Tuman va viloyatda bemalol qilish mumkin bo‘lgan amaliyotlar uchun respublika markazlariga yo‘llanma berilmaydi. Mutasaddilarga respublika, viloyat, tumanga yo‘llanma beriladigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash topshirildi.

Bu yil elektron yo‘llanma asosida davolashga byudjetdan 1,1 trillion so‘m ajratilmoqda. Shu bilan birga, mas’ullarga hududlarga ajratiladigan mablag‘lar ulushini 14 foizdan 30 foizgacha oshirish topshirildi. O‘tgan yili hududlarga 100 milliard so‘m berilgan bo‘lsa, bu yil ushbu mablag‘ 350 milliard so‘m bo‘ladi.

Elektron yo‘llanma berish va taqsimlash tizimi ham tubdan o‘zgaradi. Yo‘llanmaga kiritilgan kasalliklarni davolash xizmatlariga yagona bazaviy narx tasdiqlanadi. Endilikda bemorga respublika darajasida davolanish uchun berilgan yo‘llanma yagona elektron platformaga joylashtiriladi. Platformada respublika markazi, boshqa viloyatdagi davlat va xususiy klinikalar ishtirok etadi. Ya’ni, yo‘llanma uchun tanlov bo‘lib, shifoxonalar bemorni qachon qabul qilishi, qanday davolashi, kerak bo‘lsa, shifokorini hududga yuborib, muolajani o‘sha yerda qilishi bo‘yicha eng maqbul taklifini beradi. Ushbu takliflar asosida bemor o‘ziga eng qulay shifoxonani tanlaydi. Bunday shaffof tizimning joriy etilishi, odamlarning tibbiyot sohasidagi islohotlardan rozilik darajasi ortishiga xizmat qiladi.

Umuman olganda, tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda bolalar onko-gematologiya markazi huzurida “Bolalar saratoni bo‘yicha akademik xab” tashkil qilib, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar olib kelish, xalqaro tan olingan manbalarda “samarasiz yoki samarasi o‘rganilmagan” deb topilgan preparatlarni klinik protokollardan chiqarish hamda birlamchi bo‘g‘inda tibbiy xizmat sifatini oshirishga oid bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni har birimiz kundalik turmushimizda va yaqinlarimiz hayotida his qilib yashayapmiz. Shunday ekan, har birimiz ushbu soha yanada takomillashishida faol bo‘lishimiz, hech bo‘lmaganda o‘z sog‘lig‘imizga e’tiborli bo‘lib, sog‘lom turmush tarziga rioya etish orqali tibbiyot xodimlariga ko‘maklashishimiz lozim.

Mavluda ADHAMJONOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining

 Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi inson uchun qulay va munosib muhit yaratishga qaratilgan