Tibbiyot xodimlariga ehtirom körsatildi
Andijon viloyatida tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuniga bağişlangan tantanali bayram tadbiri bölib ötdi.
Andijondagi “Yakkasaroy” tantanalar saroyiga kirib kelayotgan fidoyi şifokorlar karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.
Inson salomatligi yölida fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasb bayrami Andijonda kötarinki ruhda, katta tantana bilan nişonlandi. Viloyat tibbiy muassasalari jamoalarining ilğor vakillari, ustoz şifokorlar iştirokidagi tadbirda mamlakatimizda aholi salomatligini saqlaş, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkazişda sidqidildan mehnat qilayotgan şifokorlarning xizmatlari alohida eʼtirof etildi.
[gallery-32407]
Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov soha xodimlarini kasb bayramlari bilan muborakbod etib, Prezidentimizning tibbiyot xodimlariga yöllagan bayram tabrigini öqib eşittirdi.
Bayram tadbirida soha xodimlariga ehtirom körsatilib, yurtdoşlarimiz salomatligini saqlaş yölida samarali mehnat qilayotgan, ilğor va faol bir guruh tibbiyot xodimlari viloyat hokimining faxriy yorliq hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Tadbirning badiiy qismida taniqli sanʼatkorlar, estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy va qöşiqlar, raqslar barçaga xuş va bayramona kayfiyat ulaşdi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuniga bağişlangan bu kabi bayram tadbirlari viloyatning barça tuman va şaharlarida bir vaqtning özida bölib ötdi.
Faxriddin Ubaydullayev,
Zuhriddin Umrzoqov (surat),
ÖzA muxbirlari