Tibbiyot xodimlari şaraflandi
Karmana tumanidagi “Oqsaroy” tantanalar maskanida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tadbir taşkil etildi.
Unda sözga çiqqanlar sönggi yillarda mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini takomillaştiriş, uni jahon talablari darajasiga kötariş va aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida töxtaldilar.
Taʼkidlanganidek, aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat körsatiş, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, soha xodimlarining bilimi va kasb mahoratini oşiriş, ularni har jihatdan qöllab- quvvatlaş va rağbatlantiriş borasida olib borilayotgan tizimli işlar bugun özining ijobiy samarasini bermoqda.

Jumladan, tibbiyot muassasalari soni 2017-yildagi 160 tadan 2026-yilda 293 taga yetdi. Tibbiy markazlar soni 8 tadan 16 taga köpaydi. Aholiga 2 352 nafar şifokor va 11 789 nafar örta tibbiyot xodimi xizmat körsatmoqda.
- 2025-yilda 513 ta “tibbiyot brigadasi” tomonidan aholining 98,4 foizi tibbiy xatlovdan ötkazildi, - deydi viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Nurali Safoyev. - 40 yoş va undan katta 338,6 ming nafar aholi yurak qon-tomir va qandli diabet kasalliklari böyiça, 18-40 yoşli 369,8 ming nafar aholi profilaktik körikdan ötkazildi. Surunkali kasalligi bölgan 309 ming nafar aholining barçasida soğlomlaştiriş tadbirlari ötkazildi. Amalga oşirilayotgan islohotlar natijasida örtaça umr davomiyligi 74,1 yoşdan 78 yoşga yetdi, onalar ölimi butunlay bartaraf etildi, gödaklar ölimi 8,5 dan 5,3 gaça, umumiy ölim körsatkiçi 4,8 dan 2,8 gaça kamaydi.

2026-yilda viloyat tarixida ilk bor jigar transplantatsiyasi amalga oşirilgan bölsa, Uçquduq va Qiziltepa tumanlarida bolalarda oçiq yurak amaliyotlari ötkazildi.
Tadbirda tizimda mehnat qilayotgan bir guruh faollarga “Faxriy yorliq”, “Taşakkurnoma” hamda esdalik sovğalari topşirildi.
Şuningdek, respublika miqyosida ötkazilgan “Tibbiyot fidoyisi – 2026” tanlovida 7 ta nominatsiyada ğoliblikni qölga kiritgan tibbiyot xodimlari va muassasalariga vauçerlar taqdim etildi.

Sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar esa davraga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri