Akademik Yo.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori A.Alimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon semirishga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan V Xalqaro kongressda ishtirok etdi.

Bu semirish, diabet oldi holatlar hamda kasallik profilaktikasi va davolashning zamonaviy usullarini muhokama qilish uchun eng katta platformadir. Tadbirda semizlik jiddiy global muammo ekani, unga qarshi samarali kurashish xalqaro hamkorlikni talab etishi ta’kidlandi.

Kongressning asosiy voqealaridan biri Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Rossiya uzluksiz kasbiy ta’lim tibbiyot akademiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolanishi bo‘ldi.

Ushbu hujjat tajriba almashish, ilg‘or davolash usullarini tadqiq qilish va amaliyotga joriy etish uchun yangi imkoniyatlar beradi.

***

Milliy tibbiyot markazida professor Azam Bobojonov boshchiligidagi tajribali transplantologlar guruhi yana bir jigar transplantatsiyasi amaliyotini muvaffaqiyatli yakunladi.  

Ushbu jarrohlik amaliyoti jigar yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlar uchun yangi hayot eshiklarini ochdi. Murakkab operatsiya yuqori malakali mutaxassislar va zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida amalga oshirilgan bo‘lib, bemorning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Jigar transplantatsiyasi – O‘zbekistonda rivojlanib borayotgan yuqori texnologik tibbiy xizmatlardan biri bo‘lib, har yili ko‘plab bemorlarning hayotini saqlab qolishga xizmat qilmoqda.

***

Respublikamiz hududida farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, axborot almashishni yo‘lga qo‘yish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “CRPT TURON” MCHJ va “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va axborot almashinuvi bo‘yicha memorandum imzolandi.

Jamiyat direktori Anatoliy Bachikalov va Markaz direktori Alisher Temirov tomonidan imzolangan mazkur hujjat tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar, sohada tezkor axborot almashish hamda qo‘shma tadbirlarni rejalashtirish bo‘yicha keng imkoniyat yaratadi.

***

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Sloveniyaga xizmat safari davomida “KRKA” hamda “Slovenia Biotech Hills Institute” va “Labena d.o.o.“ kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

“KRKA” kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida O‘zbekistonning yirik farmatsevtika korxonalari bilan shartnoma asosida ishlab chiqarish istiqbollari muhokama qilindi. Kompaniya mahsulotlarini mahalliylashtirish bo‘yicha yakuniy qaror mahalliy bozor va hududlar to‘liq o‘rganilgandan so‘ng strategik hamkorlik sifatida qabul qilinadigan bo‘ldi.

KRKA – Sloveniyaning eng yirik farmatsevtika kompaniyasi bo‘lib, jahon bo‘ylab 12700 nafardan ortiq xodimga ega, 2024 yilda savdo aylanmasi 1,9 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.

“Slovenia Biotech Hills Institute” va “Labena d.o.o.“ bilan o‘tkazilgan uchrashuvda esa mamlakatimiz ilmiy tadqiqot institutlari bilan ilmiy va klinik tadqiqotlar bo‘yicha integratsiya o‘rnatish hamda akselerator dasturlarida  o‘zbekistonlik  startap  kompaniyalar  imkoniyatlari muhokama qilindi.

“Sloveniya Biotech Hills” – instituti Yevropada biotexnologiya sohasidagi tadqiqotlar, ishlanmalar, ishlab chiqarish va investitsiyalar uchun Sloveniyaning yetakchi markaziga aylantirish maqsadida tashkil etilgan tashkilot.

“Labena d.o.o.“ – laboratoriya tahlili shuningdek, farmatsevtika moddalarini tadqiq etish hamda sinovdan o‘tkazish sohalarida ixtisoslashgan Sloveniya kompaniyasi bo‘lib, ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar yo‘nalishida ham faoliyat yuritadi.

***

Davlat rahbarining mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda mahalliy farmatsevtika korxonalari vakillari ishtirokida onlayn uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.  

Navbatdagi uchrashuvda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Zarur amaliyotlar markazi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda “REKA-MED FARM” tomonidan 24 nomdagi dori vositalari, “WELL MED PHARM” tomonidan 13 nomdagi dori vositalari va “Soft Inter Medical” tomonidan 1 nomdagi dori vositasi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomalarini berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, dori vositalariga tegishli hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazishda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tarkibidagi qo‘mita va laboratoriyalar faoliyati bilan bog‘liq masalalar hamda dori vositalariga referent narx shakllantirish bo‘yicha tadbirkorlarning savollariga atroflicha javob berildi.

Mohigul Qosimova tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot xabarlari – qisqa satrlarda