Farmatsevtika texnik universiteti, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida “International Conference on Pharmaceutics and Life Sciences: Frontiers of Research and Education (ICPL-2024)” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda farmatsevtika va hayot fanlari sohasidagi zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar va ta’lim yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda.

Konferensiyada turli davlatlardan jumladan, Hindiston, AQSH, Janubiy Koreya va Vengriyadan kelgan olimlar o‘z ilmiy ishlarini taqdim etmoqda. Ikki kun davomida konferensiyada 65 ga yaqin olimlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashadi.

Tadbirning o‘ziga xos jihati shundaki, u mahalliy va xalqaro ekspertlar o‘rtasida tajriba almashish, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi. Ishtirokchilar konferensiya davomida yetakchi mutaxassislardan maslahat va bilim olish imkoniga ega bo‘ladi.

***

Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari bayrami sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan "O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi"da Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori v.v.b Shuhrat Boymurodov tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.

Ta’kidlanganidek, Toshkent tibbiyot akademiyasi nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tibbiyotiga oliy ma’lumotli yetuk mutaxassislar tayyorlaydigan yurtimizdagi tayanch tibbiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

O‘quv yurti chin ma’noda raqamli (smart) oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, 7 ta fakultetda 14 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 44 ta magistratura mutaxassisligi, 32 ta ordinatura, 35 ta doktorantura ixtisosligi, 7 ta internatura mutaxassisligi bo‘yicha 14 ming nafardan ziyod yoshlar tahsil olmoqda. E’tiborlisi, ularning qariyb 2000 nafari xorijlik talabalardir.

Joriy yil akademiya Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha mustaqil xalqaro akkreditatsiya va reyting agentligi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Natijada ushbu o‘quv muassasasi Yevropa va jahon ta’lim makonida tan olingan maqomga ega bo‘ldi.

***

Xabar berganimizdek, Milliy tibbiyot markazi yaqinda xalqaro sifat sertifikatiga ega bo‘lgan edi.

Germaniyalik Professor Ulrich Bockman hamda biologiya fanlari doktori Dons Kurschlid uch hafta davomida ushbu markazda bo‘lib, xalqaro sifat sertifikatiga yega bo‘lishi uchun yetarlicha ko‘maklashdi. Xodimlarga mahorat darslarini o‘tdi, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, professor Ulrich Bockman tashrifi davomida yigirmaga yaqin murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajardi. Xizmat safari yakuniga yetgan xorijlik mutaxassisni kuzatish marosimi tashkil qilinib, unga minnatdorlik bildirildi. Mehmonlarga Milliy tibbiyot markazining logotipi tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.

***

Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori Baxtiyorjon Umarov Rossiyaning «Qo‘llarda quyosh» (Solnse v ladoshkax) fondi direktori Yelena Alekseyevna boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida, og‘ir dardga chalingan bemor bolalarga beg‘araz yordam ko‘rsatishda yaqindan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etish joizki, o‘zaro hamkorlik natijasida o‘nlab bolajonlar sog‘lom hayotga qaytish baxtiga musharraf bo‘lgan.

Mohigul Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot xabarlari – qisqa satrlarda