So‘ngi yillarda O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasida tibbiyot sohasida hamkorlik rivojlanib ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Buxoro davlat tibbiyot institutida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev hamda Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti rektori doktor Kemaliddin Aydin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


– Muloqotda mazkur universitetning katta hajmda faoliyat ko‘rsatadigan klinikasida filial mutaxassislarining malaka va tajriba orttirishlariga kelishildi. Shuningdek, uchrashuvda tibbiyotni rivojlantirish, Turkiya tibbiyotidagi ilg‘or tajribalarni yaqindan o‘rganish, doimiy xizmat safarlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori Muhsin Rajabov.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.