Sog‘liqni saqlash tizimi aholiga kafolatlangan yuqori sifatli tibbiy yordam va tibbiy xizmat ko‘rsatadigan muassasalar tizimidir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda bir nafar shifokorga o‘rtacha 400 nafarga yaqin aholi to‘g‘ri keladi. Respublikadagi shifoxona muassasalarida o‘rinlar soni 166,9 mingdan oshiqdir.

Sohaga davlat tibbiy sug‘urtasi va raqamlashtirish mexanizmlari bilan birga xususiy tibbiyot muassasalari faoliyati ham keng joriy etilmoqda. Bugungi kunda yurtimizda jami 8 ming 300 ta nodavlat tibbiyot tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Shundan 1618 tasi statsionar muassasa bo‘lib, ularda 45 000 dan ortiq shifo o‘rni yaratilgan.Qolaversa, xususiy sektorda 17 ming nafardan ortiq shifokor, 26 mingdan ortiq o‘rta tibbiyot xodimlari mehnat qilmoqda. Respublikamiz bo‘yicha 20 dan ortiq xorijiy investitsiyasi ishtirokidagi 159 ta xususiy shifoxona faoliyat yuritmoqda.  

Toshkent shahrida xususiy shifoxonalar 1 ming 700 dan ortgan bo‘lsa, ularning soni Andijonda 750 tadan, Samaraqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida esa 650 dan oshdi.Hozir xususiy tibbiyot muassasalari 200 tadan ortiq ixtisosliklar bo‘yicha 2 ming 250 dan ziyod tibbiy xizmat turini ko‘rsatib kelmoqda. Natijada mamlakatimizda xususiy sektorning umumiy sog‘liqni saqlashdagi ulushi 30 foizga yetkazildi. Xususiy tibbiyot tashkilotlarining soni har yili o‘rtacha 600-700 taga ortib borishi kuzatilmoqda.Kelgusida yana DXSH yo‘li bilan respublikamizning har bir hududida 1000-1500 o‘rinli ko‘p tarmoqli shifoxonalar barpo etiladi.  

Sohada tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash, aholining ehtiyojmand qatlamlariga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida bir qator chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, qonunchilikka ko‘ra, 2023-2024 yillarda ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini zamonaviy zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlash,  zaif eshitadigan bolalar uchun davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan yiliga kamida qo‘shimcha 2000 ta raqamli eshitish moslamalari bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Davlat hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati kengaytirildi. 2024 yildan boshlab yillik tibbiy ko‘riklar doirasida nuroniylarni maqsadli skriningdan o‘tkazish dasturlari ham keng  joriy etiladi.  

“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabini yuqoriligini inobatga olgan holda, qo‘shimcha 25,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilanmoqda. Respublikada jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga mazkur sohada davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ahamiyatli ekanligini hisobga olib, sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish xarajatlari uchun 54 milliard  so‘m qo‘shimcha mablag‘  ajratilishi rejalashtirilgan.  

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida tibbiyot sohasida ham ulkan o‘zgarishlarni amalga oshirish reja qilingan. Jumladan, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, buning uchun tibbiyotga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmini 2 barobar oshirish, onkologiya, yurak-qon tomir, diabet va nafas yo‘llari kasalliklari bo‘yicha erta o‘limni 2,5 barobar kamaytirish, tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlarini birlamchi bo‘g‘inning o‘zida hal etish hamda  tibbiyot muassasalarini raqamlashtirishni 100 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.  

Davlat rahbarining joriy yil 7 sentyabrdagi  “Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra,  2024 yil 1 yanvardan Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati tuzilmasida vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tibbiyotni rivojlantirish jamg‘armasi direksiyasi tashkil etiladi.  

Mazkur Jamg‘arma mablag‘lari onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish,   tibbiy asbob-uskunalar, kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari, dasturiy ta’minotlarni xarid qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish, onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarga respublika hududidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqori texnologik tashxis va davolash-profilaktika xizmatlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash kabi vazifalarni amalga oshirish maqsadida yo‘naltiriladi.  

Tibbiyot yo‘nalishida ilg‘or ta’lim standartlari asosida yuqori bilimga ega mutaxassislar tayyorlash maqsadida oliy tibbiy ta’lim muassasalari soni 11 taga yetkazildi.Rossiya, Koreya, Germaniya, Turkiya, Hindiston, Italiya, Xitoy, Polsha, Belarus, Ukraina kabi qator davlatlarining 22 ta universiteti bilan 12 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 10 ta magistratura va 8 ta klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.  

Mamlakatimizda inson a’zolari transplantatsiyasi amaliyoti joriy etildi. Bugunga kelib, bu kabi murakkab jarrohliklar ayrim hududlarda ham o‘tkazilmoqda. Olis hududlarda istiqomat qiluvchi bemorlarga  markazlarning professor-mutaxassislari joylarga chiqqan holda yordam ko‘rsatadigan, hududlardagi mutaxassislarga mahorat darslarini o‘tadigan tizim yaratildi. Sohaga yangi texnologiyalar joriy etilishi hududlardagi xodimlar va bemorlar uchun yanada qulaylik yaratib, markazlardagi yetuk mutaxassislar maslahatini teletibbiyot orqali ham olish imkonini bermoqda.  

Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Andijon va Xorazm kabi viloyatlarida ham tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarda jarrohlik amaliyoti o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.  

O‘rganishlarga ko‘ra, “103” xizmatida 2 ming 938 dona “Tez yordam” mashinasi mavjudgi va shundan 648 tasi yoki 22 foizi normativ hujjatlarga asosan yangilanishga muhtojligi aniqlangan. Cog‘liqni saqlash vazirligi tizimida eskirgan avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish ishlari olib borilib, respublika tez tibbiy yordam markazi avtobazasi 110 ta “Volkswagen Caddy” eng so‘nggi rusumdagi tez tibbiy yordam mashinalari bilan ta’minlandi.  

Sog‘liqni saqlash sohasi barchaga birdek daxldor.  Sohani rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishdan esa hamma birdek manfaatdordir.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot sohasida qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi?