Munosabat

Murakkab pandemiya sharoitida shifokorlar chin ma’noda salomatlik posbonlari bo‘lib maydonga chiqishdi. Aynan ularning mardonovar mehnatlari sabab bugun insonyat asta-sekinlik bilan bo‘lsada "Covid -19" ustidan g‘alab qozonishga muvaffaq bo‘lmoqda.

Yurtimizda ham shifokorlar mehnatini qadrlash va ular uchun munosib sharoitlarni yaratib berish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng tatbiq etishga davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratib kelinadi.

Xususan, so‘nggi besh yilda soha rivojida amalga oshirilgan islohotlarni ko‘lami har qachongidanda kengaydi. Tibbiy xizmat ko‘rsatishning barcha bosqichlari, xoh u olis bir qishloqning tog‘li hududi, xoh shahar markazi bo‘lsin barcha fuqarolar uchun birdek shart-sharoit yaratib berildi.

O‘tgan besh yil ichida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan 226 ta me’yoriy-huquqiy hujjat jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda belgilab berilgan chora-tadbirlar o‘z vaqtida hayotga tatbiq etilishi natijasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yaxshilandi, shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining oylik maoshlari ham 3,3 barobarga oshirildi hamda tibbiyot xodimlarining majburiy mehnatiga barham berildi.

Jumladan, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning sifati, samaradorligini oshirish, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi o‘rni va maqomini kuchaytirish maqsadida Prezidentning “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatga muvofiq umumiy amaliyot shifokori mutaxassisi oilaviy shifokor etib qayta nomlandi.

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan boshlab qishloq vrachlik punkti oilaviy shifokor punkti deb, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi esa oilaviy poliklinika deb qayta nomlanib, faoliyati yangi bosqichga ko‘tariladi. Ularga yordam berish uchun terapiya, pediatriya, akusherlik va patronaj bo‘yicha tibbiyot brigadalari tashkil etilishi belgilandi.

Tez tibbiy yordam xizmatining sifat samaradorligi ortishi ko‘plab insonlar hayoti saqlanib qolishiga zamin yaratdi. Tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirish, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, bu yo‘nalishda tezkor, texnologik va samarali faoliyat ko‘rsatishga erishish maqsadida “2019 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi” bo‘yicha zaruriy tadbirlarni bajarish belgilandi. Shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashish va uning moddiy-texnik bazasini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida alohida tuzilma Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.

Tizimdagi islohotlar hamda zamonaviy tibbiy texnologiyalar yordamida xizmatning tezkorligi va natijadorligi yanada oshdi. “Tez tibbiy yordam” tizimida bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag‘ 2016 yilda 500 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilga 7700 so‘mgacha oshirildi. Tez yordam shoxobchalari soni 818 tadan 1 666 taga, tez tibbiy yordam brigadalari soni esa, 1 648 tadan 2 685 taga yetkazildi. Xizmat ko‘rsatish radiusi 15-20 kilometrdan 9-12 kilometrgacha qisqartirildi.

Tez tibbiy yordamda “Damas” rusumli avtomobillardan foydalanish butunlay voz kechish maqsadida yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha tibbiy asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlangan 1000 dan ortiq B va S klassiga mansub reanimobillarni yekazib berish rejalashtirilgan. Amalda esa ushbu avtomobillarni yetkazib berish ishlari boshlab yuborildi.

Tibbiyot sohsida amalga oshirilgan eng katta islohotlarning yana biri bu – sohaga xususiy sektorning jalb qilinishidir. Xususan, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar natijasida nodavlat tibbiyot muassasalari soni yanada ko‘paydi. Jumladan, Prezidentning “Sog‘liqni saqlash tizimining xususiy sektorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan xususiy tibbiyot tashkilotlariga 129 ta tibbiy ixtisosliklar bo‘yicha litsenziya olishlariga imkon yaratildi. Shuningdek, 2021 yildan xususiy tibbiyot muassasalariga ham transplantologiya kabi murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga ruxsat berildi.

Bu kabi o‘zgarishlar natijasida 2020 yilda 5805 ta xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 6 107 taga yetkazildi. Shundan 4 939 tasi ambulator va 1 168 tasi statsionar tipdagi muassasalardir.

Quvonarlisi, soha taraqqiyoti yutug‘i sabab endilikda ko‘plab murakkab jarrohlik amaliyotlari mamlakatimizning o‘zida amalga oshirilmoqda. Xususan, yurtimizda yiliga o‘rtacha 750 mingta jarrohlik amaliyoti bajarilmoqda. Jahon tibbiyoti yutuqlari o‘rganilib, zarur sharoitlar yaratilayotgani natijasida respublika markazlarida qilinadigan operatsiyalar turi 350 taga, viloyat markazlarida 130 taga, tuman shifoxonalarida 60 taga yetdi. 32 ta shifoxonada zamonaviy endovaskulyar xirurgiya bo‘limlari tashkil etildi.

Shuningdek, 2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturida tuman va shahar tibbiyot birlashmalari negizida 35 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etilishi belgilangan edi. Shu maqsadda joriy yil 26 iyulda davlatimiz rahbarining “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

bugungi kunda har biri 50 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu turdagi markazlar bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda. E’tiborlisi, zamonaviy jihozlangan bu markazlar yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini tumanlarning o‘zida bajarish imkonini beradi. Bu esa, bugungi kunda bunday murakkab jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lgan 500 nafar jigar, 1 ming 500 nafar buyrak transplantatsiyasiga muhtoj bemorlar uchun katta imkoniyat demakdir.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda tibbiyot sohasining barcha tarmoqlarida yuz berayotgan o‘zgarishlar, minglab yurtdoshlarimizga o‘z vaqtida kamxarj harajat evaziga sog‘liqlarini tiklab yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishiga zamin yaratmoqda.

Muzafara ABDIEVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

“Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot sohasida boshlangan islohotlar samara bermoqda