Davlat tibbiy sug‘urta tizimini joriy etishning eng muhim shartlaridan biri birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarini raqamlashtirishdir. Ana shu talablarga ko‘ra Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot birlashmalariga lokal tarmoqlar tortilib, yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlandi.

– Viloyatdagi 126 ta shifoxona va tibbiyot muassasasi uchun mahalliy markazlashgan holda 2023-2024 yillarda 2500 donadan ortiq kompyuter jamlanmasi xarid qilindi,–deydi Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Hakimov. – Mavjud 72 ta oila shifokorlik punkti, 37 ta oilaviy poliklinika, 11 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika kuniga 2000 ming nafarga yaqin aholiga elektron tizim orqali xizmat ko‘rsatmoqda. Raqamlashtirish yo‘lga qo‘yilgani tufayli navbat kutish va ortiqcha asabbuzarliklarga chek qo‘yildi. Elektron tizim orqali hisobotlarning shakllanishi vaqtni tejash, tejalgan vaqt hisobiga boshqa bemorga xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda.  

Hozir Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi Ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlarida 421 ta tibbiyot brigadasi shakllantirilgan. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida 298 ta shifokoroldi ko‘rik xonalari tashkil etilib, ular tarozi, bo‘y o‘lchagich moslamasi, tonometr, fonendoskop, EKG, pulsoksimetr kabi zarur jihozlar bilan ta’minlandi. Va shu bilan birga 170 o‘ringa mo‘ljallangan kunduzgi shifoxonalar tashkil etildi.  

– Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi kadrlarni ishga qabul qilishda hrm.argos.uz tizimiga integratsiyalashdi. 11 ta shahar va tuman hamda 14 dan ziyod viloyat davolash-profilaktika muassasasi “E-KADR” tarmog‘iga birlashtirildi. Tibbiyot muassasalaridagi xodimlar hisobini yuritish va bir necha shakldagi hisobotlarning elektron variantda olinishi tejamkorlik, tezkorlik va shaffoflikni ta’minlamoqda. Viloyat davolash-profilaktika muassasalari, 3 ta shahar, 8 ta tuman tibbiyot birlashmasida edo.ijro.uz elektron hujjat almashish usuli yo‘lga quyildi. Bu esa, tibbiy hujjatlarning tibbiyot muassasalari o‘rtasida aylanishini osonlashtirdi,–deydi X. Hakimov.

Bundan tashqari, “Elektron poliklinika”ning “Medhub“ tizimi orqali 856 ming nafar aholi, jumladan, 239 ming 200 nafar tug‘ish yoshidagi ayolning ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.  

Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalari davlat tibbiy sug‘urtasi tizimiga o‘tishi natijasida o‘tgan 2023 yilda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi byudjeti mablag‘lari hisobidan 3776 nafar imtiyozli toifadagi bemorlar davolandi.

Imtiyozli guruhga kiruvchi bemorlarning respublika shifoxonalarida davolanishi uchun elektron yo‘llanmalar asosida navbatlar yo‘lga qo‘yilishi bemorlarga manzur bo‘lmoqda. Natijada bemorlar yashash joylaridagi tibbiyot muassasalaridan elektron navbat olishi, davlat muassasalari yoki Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan xususiy tibbiyot muassasalarini tanlashi va davolanishi mumkin.

Joriy yilning so‘nggiga qadar shifoxonaga murojaatlar va qatnovlarga oid ma’lumotlar, tor soha mutaxassislariga murojaatlar, diagnostika-laborator tahlil natijalarini elektron tarzda qayd etishga to‘laqonli o‘tiladi. Tibbiy brigadalar faoliyati samaradorligini oshirish, ortiqcha qog‘ozbozliklarni kamaytirish maqsadida oilaviy shifokor, amaliyotchi va patronaj hamshiralari, doyalar faoliyati natijalarini baholashning elektron monitoringi yuritiladi.  

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan reimbursatsiya dasturi doirasida ishning tashkil etilishi natijasida dispanser hisobida turuvchi gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi, bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari bor bemorlarni 11 turdagi dori-darmon bilan ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

– Bu esa, infarkt bilan kasallangan kishilarning 28,9 foiz, insult bilan kasallanganlarning 31,5 foiz, bronxial astma bilan kasallanganlar sonining 29,1 foizga kamayishiga yordam berdi, – deydi boshqarma boshlig‘i. –Eng muhimi, shifoxonalarga yo‘llanma asosida murojaat qiluvchilar 67 foizdan 85 foizga oshdi. Bemorlarni asossiz shifoxonada yotqizish 65,2 foizdan 30,3 foizga kamaydi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining kunduzgi shifoxonalarida davolanganlar soni 78,2 foizga oshgani faoliyatimizning ijobiy jihatlarini o‘zida aks ettiradi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot: raqamlashtirish navbat kutish va ortiqcha asabbuzarliklarga chek qo‘ydi