Tibbiyot oliygohlari talabalari forumi o‘tkazildi
Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalarning II forumi o‘tkazildi.
Forumda respublikadagi 9 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasasidan 100 dan ortiq talaba ishtirok etdi.

– Forumni o‘tkazishdan maqsad tibbiyotning fundamental va amaliy fanlari bo‘yicha talabalarning bilim darajasini oshirish, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashdir, – dedi SamDTU rektori Jasur Rizayev. – An’anaga aylanib borayotgan mazkur forum tibbiyot oliygohlari talabalari o‘rtasida do‘stlik va birdamlik, o‘zaro hamkorlik, sohaga muhabbat, kasbga sadoqatni yanada kuchaytiradi.
Forum doirasida milliy liboslar ko‘rgazmasi, «Zakovat» intellektual o‘yini va sport musobaqalari tashkil qilindi.
O‘zA