Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi hamda “NOOR Dubai” xalqaro tashkiloti hamkorligida ko‘z kataraktasidan aziyat chekayotgan yurtdoshlarimizga jarrohlik yo‘li bilan yordam ko‘rsatish maqsadida muruvvat aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida tibbiyot sohasidagi aloqalar ko‘lami tobora kengayib borayotgani, ushbu hamkorlik ikki davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlari samarasi ekani alohida ta’kidlandi.

Darhaqiqat, oftalmologiya – tibbiyotning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, soha taraqqiyotida xalqaro hamkorlikning ahamiyati beqiyos. Ayniqsa, bu jihat tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, innovatsion davolash hamda tashxis usullarini amaliyotga keng joriy etishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda sohaning flagmaniga aylangan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xalqimizga dunyo standartlariga mos tarzda yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Xususan, muassasada joriy yil boshidan 3430 dan ortiq jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Shundan yuqori texnologik amaliyotlar soni 1900 dan oshdi. Shuningdek, klinikada yangi diagnostika va davolash usullari amaliyotga tatbiq qilinib, ayni paytda ular soni qariyb 300 tani tashkil etmoqda.

Tadbirda o‘tkazilayotgan aksiya yurtimizda oftalmologiya sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

– Markazimizning 14 da filiali mavjud. Yetti yil ichida ularning hammasi ta’mirlandi, qaysi birlaridir yangidan qurildi, yangi asbob-uskunalar bilan jihozlandi, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Azamat Yusupov. – Bir yilda 300 nafar mutaxassisni simulyatsion markazda qayta tayyorlaymiz. Aytmoqchimanki, bugun hududlardagi filiallarimizda ham bemorlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish imkoniyati bor.

Aksiya doirasida Respublika ko‘z mikroxirurgiyasi markazida barcha hududlardan kelgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 1000 nafar bemor yetakchi mutaxassislar tomonidan yuqori texnologik skrining tekshiruvlardan o‘tkazildi. Xususan, poytaxtlik Tolibjon ota Abdurahimov va Tamara aya Mingboyevada tibbiy ko‘riklardan so‘ng bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladigan bo‘ldi.

– Ko‘zimda parda, tuman paydo bo‘la boshlaganiga to‘rt yildan ko‘proq vaqt bo‘ldi, – deydi Tolibjon Abdurahimov. – Tekshiruvlardan o‘tdim. Biz, nuroniylarga shunchalik g‘amxo‘rlik qilib, bepul operatsiyalar o‘tkazib berayotgani uchun avvalo, Prezidentimizga, shifokorlarimizga rahmat aytaman.

– Yigirma yildan buyon ko‘zim bilan bog‘liq muammolar sababli qiynalib yuraman, – deydi Tamara Mingboyeva. – Menda ham glaukoma, ham katarakta bor. Oldingi safar glaukoma bo‘yicha operatsiya qildirgan edim. Endi katarakta bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladigan bo‘ldi.

E’tiborli jihati shundaki, tibbiy tekshiruvlar davomida katarakta kasalligi aniqlangan bemorlarda davolashning “oltin standarti” asosida yuqori texnologik fakoemulsifikatsiya usulida sun’iy gavhar implantatsiyasi bilan bepul jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi. Mazkur operatsiyalar joriy yilning 14-17 aprel kunlari poytaxtimizda, 17-19 aprelda esa Samarqand shahridagi markaz filialida amalga oshiriladi.

– Oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida markazimiz yuqori texnologik uskunalar bilan to‘liq jihozlandi, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi oftalmologi Murodjon Temurov. – Markazimizga dunyoning yetakchi davlatlari Germaniya, Shveysariya, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlab chiqarilgan so‘ngi rusumdagi tibbiy uskunalar davlat tomonidan xarid qilib olib berildi. Bu murakkab operatsiyalarni bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu aksiya davomida har bir bemorga jarrohlikdan keyin davolanishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan dori va sarflov vositalari bepul taqdim etiladi.

Mohigul Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot: oftalmologiya sohasida xalqaro hamkorlik