Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Klinik nevrologiya va neyroreabilitatsiyada innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada yurtimiz hamda Ispaniya, Rossiya, Turkiya, AQSH, Fransiya, Singapur, Qozog‘istonning yetakchi oliy tibbiy ta’lim muassasalari va ilmiy-amaliy markazlaridan 400 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdi.

“Nevrologik amaliyotda og‘riq sindromlarini davolashda tabaqalashtirilgan yondashuvlar”, “Neyroreabilitatsiyadagi zamonaviy tendensiyalar”, “Insult o‘tkazgan bemorlarni dalillarga asoslangan reabilitatsiya qilish”, “Fransiyada neyroreabilitatsiya sohasidagi innovatsiyalar”, “O‘zbekistonda parkinson kasalligi va markaziy asab tizimining boshqa harakat buzilishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning dastlabki natijalari” kabi dolzarb mavzular bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, anjumanda miyaning ishemik kasalligi, nevrologik kasalliklarni tashxislash va davolashda innovatsion texnologiyalar, neyroreabilitatsiya, neyroxirurgiya, amaliy nevrologiyaning boshqa yo‘nalishlari, zamonaviy diagnostika sharoitida nevrologik buzilishlarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish yo‘llari muhokama qilindi.

Bunday tadbirlar respublika va mintaqada nevrologiya va neyroreabilitatsiya sohasini yanada rivojlantirish, tibbiyot kadrlarini tayyorlash, shuningdek, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini beradi.

***

Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan «Stomatologik kasalliklar profilaktikasi va davolashdagi zamonaviy yondashuvlar» mavzusida stomatologlar kongressi o‘tkazildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Stomatologlar assotsiatsiyasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda yurtimiz hamda AQSH, Rossiya, Fransiya, Bolgariya, Misr, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi o‘ndan ziyod mamlakatlardan 300 dan ortiq soha vakillari ishtirok etdi.

Kongressda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev mazkur nufuzli anjumanning sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, jahon tajribasini joriy qilishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Tadbir doirasida mahorat darslari tashkil etildi. «Somatik kasalliklarning oldini olish stomatologik profilaktika sifatida», «Periodontologiyada raqamli yechimlar va klinik ko‘nikmalarning sinergiyasi», Subperiostal implantlar – o‘tmish, bugun va kelajak”, «Zamonaviy stomatologiyada mikroskoplarning o‘rni» mavzularidagi ma’ruzalar ishtirokchilar uchun manfaatli bo‘ldi.

Mohigul Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot: klinik nevrologiya va neyroreabilitatsiya masalalari muhokama qilindi