Buxoro viloyati Romitan tumani Qalaychorbog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan "Oromitan" bolalar yozgi dam olish oromgohida tuman aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikda 20 dan ortiq viloyat tibbiyot muassasalari mutaxassislari, tibbiyot instituti professor olimlari, tuman tibbiyot birlashma tor soha mutaxassislari qatnashdi. Kardiolog, nevropatolog, jarroh, akusher-ginekolog, pediatr, endokrinolog, lor va okulist kabi mutaxassislar tomonidan 500 dan ortiq aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. UZI, EKG tekshiruvlari amalga oshirildi. 

– Asosiy maqsad aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, – deydi Romitan tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Jamshid Tohirov. – Shuningdek, davo muolajalarini belgilash, birlamchi tibbiy-sanitariya tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlariga amaliy yordam ko‘rsatish va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini olib borishdir. Prezidentimizning shifokorlar bilan o‘tkazgan muloqotda “Tibbiyotning odamlarga yaqinroq borishi xizmat samaradorligini oshiradi, kasalliklarning oldi olinadi” – deganlari bugun hayotda o‘z isbotini topmoqda.

Tibbiy ko‘rikda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha 216 kishiga ambulator va 37 nafar fuqaroga statsionar sharoitda davolanish tavsiya etildi. Qolgan fuqarolarga maslahatlar berildi.

– 75 yoshdaman, – deydi tumanning Toshrabot mahalla fuqarolar yig‘ini Elobod qishlog‘idan kelgan Qurbon aya Hayitova. – Qon bosimim baland, disk churrasi bilan og‘riganman. Hozirgina yuragimni EKG qildirib, UZI apparatidan o‘tdim. Shifokor ko‘rsatmalarini oldim. Muolajalarni boshlayman.

Shuningdek, Qalaychorbog‘lik Gulshod Xoliqova, Navbahor mahallasidan Mohigul Shodiyeva, Istiqlol mahallasidan Zamira Sattorovalar ham shu yerning o‘zida barcha tekshiruvlardan o‘tib, shifokorlar maslahatini olganidan juda mamnun. Tibbiy ko‘rikda tibbiyot xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xususan jismoniy faollikni oshirish, muntazam ravishda har kuni ertalab va kechki ovqatdan so‘ng piyoda yurish, zararli odatlardan voz kechish yuzasidan davra suhbatlari o‘tkazildi. Sog‘lom ovqatlanish tamoyillari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil qilindi.

Zarif Komilov, 
O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiy ko‘rik: aholiga zarur maslahat va tavsiyalar berildi