Amerikaning yetakchi nashri “The New York Times” Buxoro shahrini 2025 yilda tashrif buyurishga arziydigan 52 ta eng yaxshi joy ro‘yxatiga kiritdi. Nashr Buyuk ipak yo‘lidagi muhim nuqta bo‘lgan ushbu qadimiy shaharga e’tibor qaratishga chaqirmoqda.

Maqolada joriy yilning kuzida Buxoroda birinchi marotaba zamonaviy san’atni o‘zida namoyon etadigan Buxoro biyennalesi bo‘lib o‘tishi qayd etilgan. 5 sentyabrdan 20 noyabrgacha davom etadigan anjumanda jahonning mashhur rassomlari, jumladan, britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli va boshqa taniqli ustalar asarlari namoyish etiladi.  

Qayd etish joizki, biyennale shaharning tarixiy markazida, bir necha asrlardan buyon mavjud karvonsaroylar, diniy maktablar va islom madaniyatining boshqa me’moriy durdonalari o‘rtasida o‘tkaziladi.  

“The New York Times” gazetasida yozilishicha, o‘tgan yili parvozlarni amalga oshira boshlagan “Silk Avia” va “Air Samarkand” milliy aviakompaniyalari tufayli O‘zbekiston bo‘ylab sayohat ancha osonlashgan.  

B.XUDOYBERDIEV,  

O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“The New York Times” gazetasi Buxoroni 2025 yilda tashrif buyurishga arziydigan shaharlar qatoriga kiritdi