The Guardian: Saudiya xusiylarga qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Saudiya Arabistoni Yamandagi xusiylarga qarshi dengiz va quruqlikdan keng ko‘lamda muvofiqlashtirilgan harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri Yaman manbalariga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Ar-Riyod Yaman markaziga ehtimoliy hujum uchun kuch to‘plamoqda. Shuningdek, Saudiya Qizil dengiz janubidagi qamalni bekor qilish va to‘sqinliksiz neft eksportini tiklash maqsadini ko‘zlayapti.
O‘z navbatida Xusiylar Podshohlik Yamanga qo‘yilgan cheklovni bekor qilishi evaziga Saudiya kemalari uchun dengiz qamalini to‘xtatishga tayyorligini aytgan. Guruh mas’ullari mojaro Eron manfaatiga emas, balki Yaman kelajagiga tegishli ekanini ham ta’kidlamoqda.
S.Rahimov, O‘zA