Tezlik va chidamlilik sinovi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida sportning bir qator turlari bo‘yicha musobaqalar qizg‘in davom etmoqda.
Musobaqalar dasturiga muvofiq, talaba-sportchilar “Olimpiya shaharchasi”, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 1-sonli sport maktabi hamda Milliy futbol markazi sport inshootlarida voleybol, gandbol, 3x3 basketbol, stol tennisi, futbol, yengil atletika va suzish bo‘yicha bahslashmoqda.
[gallery-29842]
Bugun yengil atletika bo‘yicha musobaqalar o‘z yakuniga yetdi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar yuqori natijalar uchun kurash olib borib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratini namoyon etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Olimpiada dasturidan o‘rin olgan 3x3 basketbol, stol tennisi va suzish bo‘yicha bahslar 8–9-iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda futbol, voleybol va gandbol musobaqalari qizg‘in pallaga kirib bormoqda.
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” 10-iyunga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA