Jizzax viloyatida “Jizzax avtomobil zavodi” va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq ushbu zavodda ishlab chiqarilgan 110 dona “A” toifali “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinasi viloyatlardagi “103” xizmatlariga tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Unda amalga oshirilayotgan keng qamrovi islohotlar tibbiyot tizimida ham o‘zining yorqin samaralarini berayotgani ta’kidlandi. Respublikamizdagi “103” tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmatlari uchun topshirilayotgan 110 dona avtomashina eng zamonaviy texnik ko‘rsatkichlar, yuqori harakatlanish qobiliyati, ixchamligi, yoqilg‘i kam sarfligi, tibbiyot xodimlarining bemorlarga xizmat ko‘rsatishlarida barcha zarur qulaylikka ega.

– Viloyatimizga zamonaviy beshinchi avlod “Volkswagen Caddy” avtomashinalardan 9 tasi topshirildi, – deydi Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi qoshidagi avtokorxona direktori Ibrohim Hayitqulov. – Ushbu avtomashinalar tez tibbiy yordam brigadalari ishini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Jizzaxda ishlab chiqarilgan “A” toifali “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari boshqa viloyatlarga kuzatib qo‘yildi.

A.Qayumov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tez tibbiy yordam xizmatlariga “Volkswagen Caddy” topshirildi