Tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining sohani raqamlashtirish yo‘lidagi hamkorlik loyihalari bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Jahon banki hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan ushbu ulkan loyihalardan biri chaqiriqlarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri tez tibbiy yordam brigadalariga elektron tarzda yetkazish mexanizmidir.

Xo‘sh, ushbu yangi tizimning afzalliklari qanday? SSV matbuot xizmati ayni savol bilan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizovga murojaat qildi.

– Avvallari chaqiriq xaqidagi barcha axborotlar dispetcher tomonidan qog‘ozga tushirilib, so‘ng telefon orqali brigadalarni yo‘naltiruvchi ikkinchi dispetcherga murojaat qilinardi va u ham ma’lumotlarni qog‘ozga qayd etib, brigadaga shu to‘ldirilgan qog‘oz orqali xabar uzatilardi, – deydi A. Azizov. – Bu jarayon uchun ko‘p vaqt talab etilar va ba’zi hollarda tez yordam mashinasi kechikishiga ham sabab bo‘lardi.

Endi bu jarayonlar tarixga aylanmoqda. Ya’ni yangi yaratilgan tizimda bir marotaba olingan ma’lumotlar dispetcher tomonidan elektron tarzda brigadaga to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatiladi va bu bilan chaqiruvni yetkazish vaqti sezilarli darajada kamayishiga erishiladi.

Qolaversa, yangi tizimning ishga tushirilishi bilan:

chaqiriq manziliga eng yaqin bo‘lgan bo‘sh turgan tez tibbiy yordam brigadasiga xabar uzatish;

tez tibbiy yordam mashinalari harakatini onlayn kuzatib borish;

avval ko‘p vaqt talab etilgan statistik ma’lumotlarni onlayn olish;

shifokor ovozini avtomatik shaklda matnga o‘girish;

kasalliklarning kunlik, oylik va yillik dinamikalarini kuzatib borish kabi qator imkoniyatlar yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, ushbu yangi tizimda murojaatlarni qabul qilishdan bemorni shifoxonaga joylashtirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni to‘liq nazorat qilish imkoniyati bor.

Bundan tashqari, yurtimiz bo‘ylab tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmatlari tizimida Sall-markazlar tashkil etilib, u yerda shifokorlar ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar lozim bo‘lganida bemorlarga “tez yordam” mashinasi yetib kelgunicha telefon orqali birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha maslahat va ko‘rsatmalar berib, bemorning hayotini qutqarib qolishga ko‘maklashmoqda.

“103” xizmatiga murojaat qiluvchilarning barchasi ham tez tibbiy yordamga haqiqatda muhtoj kishilar bo‘lavermaydi. Ayrim hollarda surunkali hastaligi bor fuqarolar ham bezovtalik his qilsa, tez tibbiy yordamga murojaat qiladi.

Bunday bemorlar oilaviy shifokorga yoki uyiga yaqin bo‘lgan poliklinikaga murojaat qilishi kerak. Bunga sabab bu kabi bemorlarga uning doimiy holatidan boxabar bo‘lgan oilaviy shifokori yaxshi maslahat beradi va to‘g‘ri muolaja ko‘rsatadi.

Tibbiyot rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak, masalan, Daniyada chaqiriqni tajribali shifokor qabul qiladi .

Mutaxassis qisqa savollar orqali bemorning holatini aniqlab, zaruratdan kelib chiqqan holda bemorni o‘zining oilaviy shifokoriga yoki ushbu hududdagi navbatchi shifokorga yo‘naltiradi yoxud bemorga tez tibbiy yordam brigadasini yuboradi. Tez tibbiy yordam brigadasini jo‘natgandan ko‘ra, navbatchi shifokorni bemorning uyiga jo‘natish davlat uchun ancha arzonga tushadi.

Umuman olganda, rivojlangan mamlakatlarda tez tibbiy yordam brigadasi tashrif buyurganda 80 foizdan ortiq holatda bemorlar shoshilinch ravishda davo choralarini ko‘rish uchun shifoxonalarga yetkaziladi.

Bizda esa bu ko‘rsatkich 15-25 foizni tashkil etadi.

Shundan kelib chiqib, aholiga “103” ga haqiqatan tez va birinchi tibbiy yordamga muhtoj, ahvoli og‘ir bemorlar bo‘lsagina murojaat qilish kerakligini tushuntirish zarur. Shunda tez tibbiy yordam brigadasi yanada tez va sifatli xizmat ko‘rsatishiga erishish mumkin.

Muxtasar aytganda, keyingi yillarda mamlakatimizda tez tibbiy yordam xizmatini raqamlashtirish orqali ushbu faoliyatning sifat va samaradorligini rivojlangan davlatlardagi darajaga ko‘tarishga bel bog‘laganmiz.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tez tibbiy yordam xizmati yanada tezlashmoqda