Adliya vazirligida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining III Milliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Aytib o‘tish joizki, Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan 2009 yilda yo‘lga qo‘yilgan.  

Ular intellektual mulk ob’ektlarini patentlash va ro‘yxatdan o‘tkazish masalalarida ko‘maklashish, shuningdek, ixtirochilar, innovatorlarni ishlab chiqaruvchilar, tijoratchilar, umuman olganda, biznes hamjamiyatlari bilan "bog‘lovchi ko‘prik" vazifasini bajaradi.  

Shu bilan birga, markazlar intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish yuzasidan maslahatlar berish, patent axborotidan foydalanish, ishlanmalarni tijoratlashtirishda kerakli ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘maklashadi.

2023 yil yakunlariga ko‘ra, Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari dunyoning 93 mamlakatida milliy tarmoq sifatida intellektual mulk sohasida xizmat ko‘rsatish, ma’lumotlarni tarqatish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.  

O‘zbekiston mazkur loyihaga 2017 yilda qo‘shilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari soni 38 taga yetdi. Markazlarning 29 tasi oliy ta’lim muassasalarida, 4 tasi Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy tadqiqot institutlarida, 4 tasi boshqa ilmiy tadqiqot institutlarida hamda 1 tasi erkin iqtisodiy zonada joylashgan.  

Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi ta’sischiligida tuzilgan.  

Ular respublikamiz hududlarida intellektual mulk sohasidagi bilim darajasini oshirish, ixtirochilik faoliyatini rag‘batlantirish, intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini targ‘ib qilish hamda uning natijalarini hayotga tatbiq qilish kabi vazifalarni bajarmoqda.  

Anjumanda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari imkoniyatlarini kengaytirish zarurligiga e’tibor qaratildi. Faoliyat doirasida patent tahlili, hududlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishda markazlarning notijorat sektor bilan o‘zaro hamkorligi, geografik ko‘rsatkichlarning mahsulot eksportidagi roli va shu kabi sohaning boshqa qator dolzarb masalalari muhokama qilindi.  

Markazlarning hisobot yili yakuni bo‘yicha yillik faoliyati, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan statistik-tahliliy axborotlari taqdim etildi. Shuningdek, ish faoliyati jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi hamda istiqboldagi rejalar belgilab olindi.  

Ixtiro va foydali modelga Yevroosiyo patentini olishning ahamiyati, Gaaga tizimi bo‘yicha ishlanmalarni huquqiy muhofaza qilishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida anjuman qatnashchilariga batafsil ma’lumot berildi.

Anjumanda respublika miqyosida markazlar sonini oshirish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samarali faoliyat yuritishini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyati rivojlantiriladi