Olmaliq kon-metallurgiya kombinati – mis-molibden, polimetall va oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi. Mis mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi 30 ta yirik korxonalar safiga kiradi.

Ayni paytda kombinatda bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiya dasturini ishga tushirish ishlari davom etib, loyiha doirasida korxonaga bir qator zamonaviy texnologik kon transport vositalari olib kelinayotir. Kuni kecha kombinat texnoparkiga Belorussiyaning “BelAZ” rusumli kon texnikasidan qolishmaydigan yana 2 dona - 240 tonnagacha yuk ko‘tarish qudratiga ega bo‘lgan, mahalliylashtirish dasturi asosida “Nurafshon –maxsus-texnika” MCHJda ishlab chiqarilgan NMT-240  rusumli avtogigantlar keltirildi.  

Mazkur texnikalar konlardan tog‘ jinslarini olib chiqish, texnologik yuklarni tashish bilan shug‘ullanadi. Texnologik transport boshqarmasi tasarrufida 119 dona 130 va 220 tonnalik, shuningdek, 54 ta 30 tonna yuk ko‘tarish imkoniga ega bo‘lgan avtosamosvallar mavjud. “Yoshlik-1” konining jadal suratlarda o‘zlashtirilishida, ya’ni bo‘sh tog‘ jinslarini ochib, konning ma’danga boy bo‘lgan qismiga tezroq yetib borilishida albatta, yirik kon texnikalarining xizmati beqiyos.  

Birgina 220 tonnalik avtosamosval 24 soat mobaynida o‘rtacha 1798 m.kub tog‘ jinslarini tashiydi.“Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish natijasida birinchi bosqichda (2021-2025 yy.) 300 ming tonna, ikkinchi bosqichda (2024-2028 yy.) 400 ming tonna, uchinchi bosqichda (2026-2030 yy.) 500 ming tonna mis katodi ishlab chiqariladi. Hozirda mazkur ob’ekt qurilishida 23 ming quruvchi va 500 dan ortiq maxsus texnika ishlamoqda. “Yoshlik-1” koni va mis boyitish fabrikasi foydalanishga topshirilgandan so‘ng 6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, davlat byudjetga yiliga qo‘shimcha 300 million dollardan ziyod soliq tushumlari ta’minlanadi. Eksport 500 million dollarga ortadi.

– OKMK rahbariyati korxona tarkibidagi boshqarmalarni imkon qadar o‘zimizda ishlab chiqarilgan transport vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda, – deydi kombinatning Texnologik transport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Niyozmetov. – “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida 2023 yilda Texnologik transport boshqarmasiga tog‘-kon jinslarini qazib olishda ko‘maklashuvchi 10 ta konchilik mexanizmlari va yordamchi texnikalar olib kelindi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/AtEDkJl8gsU" title="Texnikalar ham, mahsulot ham oʻzimizniki" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Bir so‘z bilan aytganda, zamonaviy transport vositalari innovatsion texnologiyalar asosida ishlab, ko‘plab amaliyotlarda jismoniy kuch talab etmaydi. Eng muhimi, yuqori ish unumdorligini ta’minlaydi.  

Sanjar Toshpo‘latov,

Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texnikalar ham, mahsulot ham o‘zimizniki (+video)