Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi direktoriga parlament sörovi yuborildi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisida Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi direktori A.Zakirovga “Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida davlat boşqaruvini samarali taşkil etiş, raqamlaştiriş hamda şaffof va korrupsiyadan holi tizimni şakllantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisida” parlament sörovini yuboriş haqidagi masala körib çiqildi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda mahsulotlar xavfsizligini taʼminlaş, savdodagi texnik tösiqlarni kamaytiriş hamda mahalliy işlab çiqaruvçilarning raqobatbardoşligini oşiriş maqsadida texnik jihatdan tartibga soliş, standartlaştiriş, metrologiya va muvofiqlikni baholaş tizimlari isloh qilinmoqda.
Ammo şu bilan birga, sohada öz yeçimini kutayotgan ayrim masalalar bor. Xususan, mavjud standartlar bazasini yangilaş, bir qança sohalarda töliq xalqaro standartlarga ötiş işlarini jadallaştiriş, Jahon savdo taşkilotiga aʼzo böliş jarayonida texnik jihatdan tartibga soliş tizimining xalqaro talablarga töliq mos bölişini taʼminlaş lozim.
Şuningdek, sohada korrupsiyaviy holatlarning, ortiqça byurokratiya va manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, sertifikatlaştiriş tartib-taomillarini soddalaştiriş, raqamlaştiriş işlarini jadallaştiriş zarur.
Majlisda yuqoridagilardan kelib çiqib, texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi işlar holati, korrupsiyaning oldini oliş, raqamlaştiriş, standartlar bazasini yangilaş va boşqa masalalar borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan asoslantirilgan tuşuntirişlar beriş böyiça Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi direktoriga parlament sörovi yuborildi.
M.Komilova, ÖzA