Samarqand shahrida Atom energetikasi xalqaro agentligi (AEXA) bilan hamkorlikda texnik hamkorlik dasturlari bo‘yicha milliy muvofiqlashtirish yig‘ilishi boshlandi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mezbonlik qilmoqda.

Dastlabki kungi yig‘ilishda AEXAning texnik hamkorlik dasturlari doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari, mavjud imkoniyatlar va kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. 

Tashkilotchilarning qayd etishicha, tadbirning asosiy maqsadi — AEXA bilan hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va barqaror rivojlanishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

[gallery-23348]

Yig‘ilishda Atom energetikasi agentligining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ishlovchi texnik hamkorlik bo‘limi direktori Eve-Kulli Kala, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardorbek Yakubekov, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarning mutasaddilari hamda 33 davlatdan milliy muvofiqlashtiruvchi vakillar (NLO – National Liaison Officers) ishtirok etdi. 

– Ayni paytda bizda 33 ta a’zo davlat bor, ular bilan yadroviy texnologiyalarni o‘z ichiga olgan loyihalarni amalga oshiryapmiz va texnik yordam ko‘rsatmoqdamiz, - deydi Atom energeyasi agentligining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ishlovchi texnik hamkorlik bo‘limi direktori Eve-Kulli Kala. – Mazkur seminar har yili biror a’zo davlatda o‘tkaziladi va unda hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Bugungi seminar O‘zbekistonda o‘tkazilayotganidan mamnunmiz. O‘zbekiston biz bilan keng va samarali hamkorlik olib borayotgan a’zo davlatlardan biri hisoblanadi. Anjuman davomida yurtingizda ushbu yo‘nalishdagi islohotlarni yaqindan o‘rganishni maqsad qilganmiz. Bunda texnik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish nazarda tutilgan. Shuningdek, 2026–2027 yillar uchun mintaqaviy texnik hamkorlik loyihalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Bu doirada mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaymiz. Ushbu seminar hamkorligimizning yangi bosqichini boshlab berishiga ishonamiz.

Texnik hamkorlik dasturlari bo‘yicha milliy muvofiqlashtirish tadbiri 16 mayga qadar davom etadi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texnik hamkorlik bo‘yicha milliy muvofiqlashtiruvchilar Samarqandda