Texasdagi mehmonxonada portlash sodir bo‘ldi
“The New York Times” ma’lumotlariga ko‘ra, Texas shtatining Fort-Uert shahridagi “Qum odam imzosi” (Sandman Signature) mehmonxonasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida to‘rt kishi og‘ir jarohat olgan, ulardan biri og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgan. Qolgan jabrlanuvchilarning jarohati yengil.
Favqulodda holat sabablari aniqlanmokda.

Fort-Uert yong‘inga qarshi bo‘limi portlash sababini maishiy gaz chaqnashi oqibati deb hisoblamoqda, ammo shunday ekaniga qat’iy ishonch bildirmayapti.
M.Pirmatova, O‘zA