Amerikalik tadbirkor Maskka bir trillion dollar to‘lanadi, deb yozdi “Blumberg” agentligi.
“Tesla Inc.” bosh direktori Ilon Maskka qiymati taxminan bir trillion dollarga teng yangi shartnoma taklif qildi, - deyilgan nashr axborotida. - Bu korporativ nafaqat Amerika, balki butun dunyoda misli ko‘rilmagan ulkan paket.
Darvoqe, bu pulni to‘liq olish uchun milliarder yana bir necha maqsadga erishishi shart: birinchisi “Tesla”ning o‘sib borayotgan robotaksi biznesini kengaytirish va kompaniyaning bozor qiymatini kamida 8,5 trillion dollarga yetkazish.
Buning natijasida tadbirkor kompaniya ustidan nazoratni kuchaytirib, qo‘shimcha moliyaviy foyda olishi ham mumkin.
S.Rahimov, O‘zA