Tesla kompaniyasining kapitallashuvi 500 milliard dollardan oshdi
Amerikadagi elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Tesla kompaniyasining kapitallashuvi 500 milliard dollardan oshdi. Bu kompaniya rahbari Ilon Mask dunyoning eng boy kishilari orasida ikkinchi o‘ringa chiqib olishiga imkon berdi.
Kecha Tesla aksiyalari narxi 2,9 foizga qimmatlashdi va jami 537,31 dollargacha yetdi. Shunday qilib, kompaniyaning kapitallashuvi 509 milliard dollarni tashkil qilmoqda.
Dunyoning eng boy kishilari orasida birinchi o‘rin hamon Amazon asoschisi Jeff Bezosga tegishliligicha qolmoqda. Uning davlati hozir 182 milliard dollarga baholangan.
Tesla Motors 2003 yilda elektromobillar va shu bilan bog‘liq texnologiyalarni yaratuvchi hamda ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida tashkil etilgan edi. Kompaniya qarorgohi AQSHning Kaliforniya shtatidagi Palo-Alto shahrida joylashgan. Elektromobillardan tashqari, kompaniya o‘zining texnologiyasi bo‘yicha batareyalar va elektr dvigatellar ishlab chiqarib, boshqa avtomobil kompaniyalariga sotadi.
O‘zA