Terrorchilar rejasi fosh etildi
ANI agentligi xabariga ko‘ra, Hindiston razvedka xizmatlari mamlakatning Jammu va Kashmir shtatidagi ikkita harbiy-havo bazasiga terrorchilar hujum uyushtirishni rejalashtirayotganidan voqif bo‘lgan.
ANI agentligi xabariga ko‘ra, Hindiston razvedka xizmatlari mamlakatning Jammu va Kashmir shtatidagi ikkita harbiy-havo bazasiga terrorchilar hujum uyushtirishni rejalashtirayotganidan voqif bo‘lgan.
Qayd etilishicha, shu sabab Srinagar va Avantipora shaharlari yaqinida joylashgan strategik ob’ektlar yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Jammu va Kashmirda uzoq yillardagi eng qonli terakt sodir etildi. Ekstremistik guruh Hindiston harbiylashgan politsiyasi kolonnasiga hujum uyushtirishi oqibatida 45 kishi halok bo‘lgan.