FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ilm - saodat kaliti!” shiori ostida o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan maktab direktori Shohida Aripova katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarni samimiy muborakbod etib, Davlatimiz rahbarining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

– Joriy o‘quv yili bitiruvchilar uchun omadli keldi, – deydi maktab direktori Sh. Aripova. – Bugun 11-sinfni 45 nafar o‘quvchi bitirayotgan bo‘lsa, ularning 2 nafari muddatidan oldin AQSHning Arizona universitetiga o‘qishga qabul qilindi. Shuningdek, 35 nafar o‘quvchi ingliz tilidan xalqaro IELTS va milliy sertifikatlarni olishga muvaffaq bo‘ldi. 5 nafar o‘quvchi maktabni oltin medal bilan bitirmoqda.

[gallery-17564]

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda yosh avlodni har tomonlama yetuk inson etib tarbiyalash, ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ustoz va murabbiylarning mehnatini munosib baholash, yoshlarning bilim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda.

– Viloyatimizdagi mavjud 983 ta maktabning 33 ming 89 nafar o‘quvchisi 11-sinfni yakunlaydi, – deydi viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev. – Bitiruvchilarning 590 nafari oltin, 129 nafari kumush medalga loyiq topildi.

Tadbirda o‘quv yili davomida muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchilar, ularning ustozlari va ota-onalariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizlik ikki nafar bitiruvchi muddatidan avval AQSHning nufuzli universitetiga o‘qishga qabul qilindi