FOTOREPORTAJ

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan “Yil ayoli” milliy tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.  

[gallery-20944]

Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari uchun e’lon qilingan tanlovning quyi bosqichida  shahar va tumanlardan jami 300 dan ziyod ayol o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi.  

 Nizom shartlariga muvofiq, tanlovda 35 yoshdan oshgan, o‘z yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan ayollar, qolaversa uy bekalari ishtirok etdi.

Tadbirda xotin-qizlarning ijtimoiy va siyosiy faolligini yuksaltirish, iqtisodiy imkoniyatini oshirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi.  

Tanlovning viloyat bosqichida “Yilning eng yaxshi g‘oyalar tashabbuskori”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” kabi 11 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.  

Viloyat hokimligi va tashkilotchilar tomonidan tanlov g‘oliblariga  tashakkurnoma hamda  qimmatbaho esdalik sovg‘alari  topshirildi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda “Yil ayoli” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi