Termizda uch egizak dunyoga keldi
Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Qahramon mahallasida yashovchi Zokir Alimov va Zarnigor Pardayevalar oilasida uch egizak dunyoga keldi.
Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Qahramon mahallasida yashovchi Zokir Alimov va Zarnigor Pardayevalar oilasida uch egizak dunyoga keldi. Ularga ulugʻ niyatlar bilan Xasan, Husan va Fotima, deb ism qoʻyildi.

Bu xushxabar nafaqat, Alimovlar xonadoni balki, Surxondaryo viloyati ahliga oʻzgacha quvonch ulashdi. Chunki, vohada bir yoʻla uch egizak tugʻilishi kamdan-kam uchraydigan holat sanaladi.

Viloyat perinatal markazidan maʼlum qilishlaricha, chaqaloqlar sogʻlom. Ularning sogʻligʻini malakali tibbiyot xodimlari nazorat qilib turibdi.
