Termizda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirni ochib bergan institut rektori Azizbek Hasanov ta’lim sohasidagi islohotlar, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar xususida so‘z yuritib, barcha talabalarni bayram bilan qutladi.
So‘ng talabalikka ilk qadam qo‘ygan yoshlar o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishga, ota-ona oldidagi farzandlik burchini unutmaslik, uni to‘la ado etish uchun bor bilimlarini bag‘ishlashga, tanlangan mutaxassisligi bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda o‘zlashtirishga, o‘quv rejasi va dasturlarda belgilangan mashg‘ulotlarni o‘z muddatida bajarish va o‘quv mashg‘ulotlarida doimiy ravishda qatnashishga, institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilishni o‘zlarining muqaddas burchi deb hisoblashga tantanali ravishda qasamyod qildi.
[gallery-20418]
Rektor birinchi kurs talabalariga talabalik guvohnomasini tantanali tarzda taqdim etdi.
Shuningdek, “Yilning eng faol talabasi – 2024” tanlovining institut bosqichi g‘oliblariga sertifikat hamda vaucherlar topshirildi.
Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining viloyat bo‘linmasi xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA