FOTOREPORTAJ
O‘quvchilarni sun’iy intellekt va robototexnikaga qiziqtirish, ushbu yo‘nalishda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida Termiz shahridagi Prezident maktabida Robo-kodlash olimpiadasining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadada viloyatdagi Prezident maktabi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-8- hamda 9-11-sinf o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoalar ishtirok etdi.
O‘quvchilar berilgan topshiriqqa asosan, tayyorlab kelgan robotlarini taqdimot qildi.
[gallery-15017]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi g‘olib bo‘ldi. 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi bahslarda Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA