Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida "Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirishda innovatsion yondashuv" mavzuiga bag‘ishlangan psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo viloyatidagi 960 ta umumta’lim maktabida 1 ming 275 nafar psixolog faoliyat yuritib, chuqur bilim, yuksak salohiyat va mustahkam irodaga ega o‘quvchilarni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shmoqda.
Prezidentimizning 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
[gallery-14918]
Ayni paytda maktab psixologlari inklyuziv ta’limni joriy etish, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda psixologik xizmatni tashkil etishdek vazifani amalga oshirmoqda.
Forum ishtirokchilari sohada erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni atroflicha tahlil qildi. Kelgusidagi muhim vazifalar belgilab olindi.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev tizimda faol mehnat qilib, boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh soha xodimlarini esdalik sovg‘a va tashakkurnomalar bilan taqdirladi.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/lgGrGwvw_TQ" title="Termizda psixologlar anjumani" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri