Termizda bog‘chalar soni yana bittaga ko‘paydi
Termiz shahridagi Bog‘zor mahallasida 240 o‘rinli 10-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi, shahar hokimligi, shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’ullari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Loyiha qiymati 5 milliard 443 million so‘mni tashkil etgan muassasa "Javoxir Baraka Termiz” MCHJ tomonidan bunyod etildi.
[gallery-9920]
Zamonaviy jihozlangan, keng va yorug‘ xonalar, musiqa zali, oshxona, shinam yotoqxona va o‘yin maydonchalari bolajonlar xizmatiga shay.
Ta’kidlash joiz, Bog‘zor mahallasida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar jami 296 nafarni tashkil qilib, shundan 240 nafari yangi maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olindi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA