Termiz shahrida yosh matematiklar bellashdi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahrida 3-4 va 5-6 sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika bo‘yicha o‘tkazilgan fan olimpiadasida viloyatdagi umumta’lim maktablaridan 250 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.
[gallery-9968]
Mazkur olimpiadadan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarga o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashi uchun ko‘maklashish, yosh iqtidor egalarini aniqlash hamda ularni yangi marralar sari rag‘batlantirishdan iborat.
G‘olib o‘quvchilar noutbuk, televizor, telefon, planshet, velosiped kabi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA