Terma jamoamiz vakillarining g‘alabasi
XVII yozgi Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunini O‘zbekiston vakillari ikki oltin medalni qo‘lga kiritish bilan boshladi.
Incheon. 29-sentabr. O‘zA maxsus muxbiri Mehribon Mametova xabar qiladi.XVII yozgi Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunini O‘zbekiston vakillari ikki oltin medalni qo‘lga kiritish bilan boshladi.
Taniqli sportchi Aleksey Mochalov 1000 metr masofaga baydarkada eshkak eshish bo‘yicha yakkalik bahslarida shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilib, oltin medal bilan taqdirlandi.
Ikki karra jahon chempioni Vadim Menkov terma jamoamizga uchinchi oltin medalni keltirdi. U 1000 metr masofaga kanoeda eshkak eshish musobaqalarida birinchi o‘rinni egalladi.
Terma jamoamizning yana bir vakili Ernest Ernazarov 200 metr masofaga baydarkada eshkak eshuvchilar yakkalik bahsida kumush medalga sazovor bo‘ldi.