TerDU professori, tarix fanlari doktori Shopo‘lat Shaydullayevning ilmiy maqolasi platformasida chop etildi.

“Revising the chronology of the Darband Wall in Central Asia” («Markaziy Osiyodagi Darband devorini qayta ko‘rib chiqish”) nomli mazkur maqolada Janubiy O‘zbekistondagi Darband devorining qurilish bosqichlari va siyosiy-tarixiy ahamiyati yangi arxyeologik ma’lumotlar asosida ilmiy tahlil qilinadi.

Maqolaning ahamiyatli jihati, u  Markaziy Osiyoda joylashgan Darband devori tarixi va uning xronologiyasini qayta ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda 10 ta yangi radiokarbon sanalar asosida devorning dastlabki qurilishi miloddan avvalgi III asrda, qayta ta’mirlanishi esa Kushon davlati davrida amalga oshirilganini isbotlovchi dalillar keltirilgan.

Ilmiy ish xalqaro ilmiy jamoa tomonidan qiziqish bilan qabul qilindi va mintaqadagi arxyeologik tadqiqotlarga yangi ilmiy yondashuvlarni taklif qiladi. Bu nashr universitet olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi nufuzi va ilmiy salohiyati o‘sib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Scopusdagi faol nashrlar soni va ularga bo‘lgan iqtiboslar TerDUning xalqaro akademik nufuzini oshirish, shuningdek  QS va THE reytinglarida munosib o‘rin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TerDUdagi sog‘lom ijodiy muhit ilmiy muvaffaqiyatlarda namoyon bo‘lmoqda