Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston ¬- Xitoy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim forumida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham faol ishtirok etdi.

Xitoylik olimlar qadimda insoniyat beshiklaridan biri bo‘lgan va Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Surxon vohasiga o‘zgacha qiziqish bilan qarab keladi. Baqtriyada buddani davlat dini darajasiga ko‘targan Kushon podsholigi tarixini, madaniyatini va hududning o‘tmishdagi rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi. 

Xitoy bilan keyingi yillarda do‘stlik, strategik sheriklik aloqalarimiz yanada kengayib borayotgani davlatlarimiz olimlarining hamkorlik rishtalarini yangi bosqichda rivojlantirmoqda. Shunga muvofiq Termiz davlat universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy-g‘arbiy universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandum asosida o‘tgan yildan ikki oliy ta’lim muassasasi qadimshunoslari “Surxon vohasida qadimiy insoniyat madaniyatlari va ularning atrof-muhitga ta’siri” nomli qo‘shma ilmiy- tadqiqot loyihasini boshladi. Loyiha doirasida qo‘shma ekspeditsiya a’zolari jahonga mashhur qadimgi Jarqo‘ton, Tillabuloq, Bo‘ston, Arabuloq nomli yodgorliklarda bronza va ilk temir davri tabiiy va antropogen landshaftlari to‘g‘risida ilmiy izlanishlarni amalga oshirdi. Hamkorlikdagi bu ishda arxeologiya sohasining so‘nggi tadqiqot metodlari qo‘llanildi. Shuningdek, ikki oliy o‘quv yurti mutaxassislari hamkorligida o‘zaro ilmiy va amaliy tajribalar almashinuvi ham yo‘lga qo‘yilgan. 

O‘tgan yili Xitoy Xalq Respublikasi Shimoli-g‘arbiy universiteti taklifiga ko‘ra, Termiz davlat universitetining bir guruh arxeolog mutaxassislari Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida “2023-yil: sanoat, ta’lim tadqiqotlari qo‘llanilishining integratsiyasi bo‘yicha Ipak yo‘li loyihasi” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada qatnashdi. Shimoli-g‘arbiy universiteti tarix fakultetida qiziqarli ma’ruzalar o‘qib qaytishdi. 

Davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga bu safargi tashrifi munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar ham Termiz davlat universiteti uchun samarali kechdi. Muzokaralar chog‘ida Shimoli-g‘arbiy universitet qatorida Tianjin xorijiy tillar, Tianjin sport universiteti va boshqa nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan memorandum imzolandi. Endilikda Termiz davlat universiteti Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik va ilmiy sohalarda hamkorlikni kuchaytiradi. Professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ularning stajirovka va malaka oshirishi joriy etiladi. Ta’lim sohasidagi o‘zaro tajribalar chuqur o‘rganib boriladi. Ilmiy dastur va loyihalar tashkillashtirilib, talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TerDU Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda