Hozirgi kunda yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va tadbirkorlikka yo‘naltirish davlatning eng muhim ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Shu bilan birga, yoshlar yetakchilarining tashabbuslari bilan ularning imkoniyatlarini kengaytirish va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ana shunday tashabbuslardan biri sifatida Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida joylashgan  Terakzor  mahallasiga yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan press-tur tashkil etildi.

Tadbirda Guliston tumani hokimligi mas’ul xodimlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

[gallery-23165]

Press-turning ilk manzili Harbiylar ko‘chasidagi Dilshodbek Yaxshilikovning xonadoni bo‘ldi. U yoshlar yetakchisi ko‘magida 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, 600 ta bedana va 100 ta tovuq boqish orqali o‘zining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Dilshodbek bugungi kunda faoliyatini kengaytirib, inkubatsiya markazi tashkil etdi va ayni paytda o‘rtacha 10 million so‘mga teng oylik daromadga ega.

U 100 ta tovuqdan kuniga 60-70 dona,  bedanalardan esa 200 tadan ziyod tuxum olib, mahalliy bozorlarga yetkazib bermoqda. Bu faoliyati orqali  nafaqat oilasi iqtisodiyotini mustahkamlashga, balki mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratishga ham ko‘maklashmoqda.

Dilshodbek kelgusida quyonchilikni ham  rivojlantirishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.

Press-turning keyingi manzili Saxovo ko‘chasida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi Nargiza Tajibayeva xonadoni bo‘ldi. Nargiza yoshlar yetakchisi tomonidan berilgan subsidiya asosida “Janome” tikuv mashinasini olib,  xona sharoitida tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. U o‘zining mehnatsevarligi va hayotga bo‘lgan muhabbati tufayli boshqalarga namuna bo‘lib, mustaqil daromad topmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Terakzorda yoshlar bandligi ta’minlanmoqda