“Teodor Ruzvelt” aviatashuvchi kema ekipaji aʼzolari orasida koronavirusga chalinganlar soni keyingi uch kun ichida ikki barobarga ortib, 447 kishiga yetdi, deyiladi AQSH Harbiy dengiz kuchlari saytida.

7-aprelgacha berilgan maʼlumotga koʻra, ekipaj aʼzolari orasida 230 nafar virus yuqtirganlar bor edi.

“Bugunga kelib ”Teodora Ruzvelt“ ekipaji aʼzolarining 92 foizi COVID-19 boʻyicha tekshirilgan va 447 harbiy dengizchi kasallikka chalingani aniqlangan, 3 ming 155 dengizchi sohilga tushirilgan”, - deyiladi xabarda.

Kemada xizmat qilayotgan 5 minglik ekipajning 3,7 ming aʼzosini kemadan tushirish rejalashtirilmoqda. Qolganlari kema tizimlari faoliyatini taʼminlab turish uchun aviatashuvchi bortida qoldiriladi. Kema hozir “Guam” harbiy bazasida turibdi, biroq, qoʻmondonlikning bayonot berishicha, kemada koronavirus aniqlanganiga qaramay u jangovor holatini saqlab qoladi.

Yaqinda ushbu harbiy kemaning kapitani Bretta Krozye vazifasidan ozod etilgan edi. Bunga uning rahbariyatga ekipajning katta qismini kemadan tushirishni soʻrab yozgan maktubi ommaviy axborot vositalariga tarqalib ketgani sabab boʻlgandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Teodor Ruzvelt” aviatashuvchi kemada koronavirusga chalinganlar soni ikki barobarga ortdi
Хориж хабарлари
12:58 / 11:04:2020